Urugʼchilik sohasini rivojlantirishda Turkiya bilan hamkorlik

Mamlakatimizdagi Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vakolatxonasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi hamda “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” Davlat unitar korxonasining rahbar-mutaxassislari ishtirokida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda TIKA agentligi tomonidan taklif qilingan “O‘zbekistonda urug‘chilik sohasining barqаror rivojlanishiga hissa qo‘shish va malaka oshirishga qaratilgan texnikaviy hamkorlik” loyihasi bo‘yicha mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash,  urug‘larni sertifikatlash va ro‘yxatga olish jarayonlari, umumiy urug‘ savdosining rivojlanishiga imkon beruvchi marketing bozorini rivojlantirish kabi masalalar muhokama etildi. Shuningdek, O‘zbekistondagi soha sektori xodimlarini Turkiyadagi 5 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatli  taʼlim va amaliyot, malaka oshirishga jalb etish hamda texnikaviy hamkorlik loyihalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Ushbu loyiha tomonlar o‘rtasida urug‘chilik, nav sinash va sertifikatlash tizimlarini o‘rganish va takomillashtirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv mobaynida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hamkorlikdagi ishlar yuzasidan fikrlar almashildi. Xususan, ularning amalga oshirilishi fermerlarga va tadbirkorlarga, sohaga doir tashkilotlarga ko‘plab qulaylik va yengilliklarni berishi ta’kidlandi.

Loyihani sifatli va to‘laqonli shakllantirish va dastlabki ishlarni amalga oshirish yuzasidan ushbu oyning oxirida ZOOM orqali ikki tomonlama rahbar va mutaxassis xodimlarni jalb etgan holda muzokaralar o‘tkazish rejalashtirildi. Shu bilan birga yaqin kelajakda Turkiyadan tegishli tashkilotlar mutaxassislarini Toshkentdagi TIKA vakolatxonasi ko‘magida O‘zbekistonga tashrifini tashkillashtirish bo‘yicha masala ko‘tarilib, agentlik tomonidan maʼqullandi.

Maʼlumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 15-fevraldagi 02-336-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-fevraldagi 03/1-330-son topshirig‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasida agrosanoat sohasida strategik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish topshirig‘i ijrosini taʼminlash vazifasi qo‘yilgandi.

2022-yil fevral oyida esa, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Turkiyaning Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik vazirligi o‘rtasida “Qishloq xo‘jaligi sohasida texnik, ilmiy, iqtisodiy va mutaxassislar tajribasini almashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi Bitim imzolangandi.

 

photo2022-11-1913-10-30.jpg

 

photo2022-11-1913-10-31.jpg

 

photo2022-11-1911-34-30.jpg

 

photo2022-11-1911-33-38-2.jpg

 

photo2022-11-1911-33-38.jpg

 

Манба: www.agro.uz

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Nov 21, 2022

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form