Markazning Xorazm viloyati filialida yangi laboratoriya barpo etildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-fevral – 1-mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar asosida “Oʼzagroinspektsiya” qoshidagi “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining Xorazm viloyati Urganch shahri Yogʼdu koʼchasi 2-uyda joylashgan Xorazm viloyat filialida “Qishloq xoʼjaligi ekinlari urugʼlari sifatini baholash laboratoriyasi” tashkil etildi va joriy yilning 25-aprelь kuni ushbu laboratoriyaning ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.

Laboratoriya 7 ta xonadan iborat boʼlib, barcha xonalar SanPiN qoidalari boʼyicha barpo etilgan, xonalarga yoritish moslamalari yetarli darajada toʼliq oʼrnatilib, xonalarga toza ichimlik suvi va kanalizatsiya tortilgan, zamonaviy laboratoriya mebelь (shkaf, stol, stul, tumba) bilan jihozlangan.

Shu bilan birga urugʼchilik laboratoriyalarini modernizatsiya qilish dasturi doirasida yangi laboratoriya uchun 200 ming АQSh dollari miqdoridagi 

30 turdagi 80 ta oʼlchov vositalari va sinov qurilmalari bilan toʼliq taʼminlandi hamda laboratoriyaga oʼlchov vositalari va sinov qurilmalari toʼliq oʼrnatilib, kalibrlashdan oʼtkazildi, kalibrlash sertifikatlari olindi va ishchi holatga keltirildi. - laboratoriya xodimlarining kimyoviy sinovlar bilan ishlashda xavfsizligini taʼminlash maqsadida mahsus kiyimlar va moslamalar bilan taʼminlandilar.

Ushbu yangi laboratoriya akkreditatsiyalangan Markaziy urugʼchilik laboratoriyasining negizida filial sifatida barpo qilingan boʼlib, qishloq xoʼjaligi ekinlari urugʼlarining ekinboplik sifat koʼrsatkichlarini aniqlash boʼyicha sinovlarni amalga oshirish va xulosa berish maqomiga ega faoliyatni olib boradi.

Shu bilan birga, ushbu laboratoriyani individual laboratoriya sifatida faoliyat koʼrsatishi uchun belgilangan tartibda O`z DSt ISO/IES 17025:2019 davlat standarti talablari boʼyicha akkreditatsiyadan oʼtkazish maqsadida “Oʼzbekiston akkreditatsiya markazi” DUKga yangi laboratoriyaga tegishli barcha hujjatlar toʼplamini ekspertizadan oʼtkazish va akkreditatsiya qilish maqsadida arizalar taqdim qilingan. 

Mazkur yangi barpo qilingan laboratoriyani rasmiy ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimligi, soha idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Yangi tashkil etilgan laboratoriya ishga tushirilishi bilan Xorazm viloyatida mahalliy urugʼchilik va tadbirkorlik subʼektlari tomonidan yetishtirilgan, tayyorlangan hamda xorijdan import qilinadigan urugʼliklarni ekinboplik sifat koʼrsatkichlarini aniqlash ishlarining viloyatning oʼzida amalga oshirilishi hamda sinov jarayonlarining tezkorligi va ish samaradorligining ortishiga erishiladi.

 

photo2024-04-2512-07-58.jpg

photo2024-04-2512-12-08.jpg

 

photo2024-04-2512-12-44.jpg

 

photo2024-04-2512-13-24.jpg

 

photo2024-04-2512-12-50.jpgphoto2024-04-2512-12-10.jpg

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Apr 25, 2024

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form