Contacts
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishiga koʻra, Respublikada “Navruz” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, sogʻlom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targʻib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2024-yil 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla - yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 16-mart kuni markaziy apparat hamda laboratoriya xodimlari tomonidan Markaz hududi va bino atrofi, ichki hududlari tartibga keltirildi, ariqlar, ko‘chalar va yo‘laklar tozalandi hamda dov-daraxtlarni butalash va bo‘yash ishlari amalga oshirildi.
Poll
Contacts
Contact form