Contacts
Joriy yilning 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida, O‘zbekiston “Adolat” Sotsial Demokratik partiyasidan rais o‘rinbosari A. Raxmonov, Mafkuraviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i F.Ziyayev va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi R.Yo‘ldoshev qatorida Markaz rahbariyati, boshqarma va bo'lim boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etdilar.
Tadbirni Inspeksiya boshlig‘i A.Vaxabov ochib berib, - bugungi kunda korrupsiya butun dunyo kurashayotgan va hal etilishi lozim bo‘lgan muammolardan biri ekanligi va ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy to‘siqligi haqida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng, tadbir ekspertlari - Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ijrosiga bag‘ishlangan Yangi O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, aholining keng qatlami, ayniqsa yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini mustahkamlash, faol fuqaroviy pozitsiyasini oshirish to‘g‘risida davra suhbatlarini olib bordilar.
Yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob oldilar.
Poll
Contacts
Contact form