Contacts
Xabaringiz bor, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyicha Hukumat komissiyasi yigʼilishining 2022-yil 16-fevraldagi 7-sonli bayoni hamda Markaz direktorining 2023 yil 24 martdagi 27-sonli buyrugʼiga asosan joriy yilning 30 mart kuni Markazning urugʼchilik yoʼnalishida "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish" mavzusida seminar boʼlib oʼtgandi.
Ushbu mavzudagi seminar Markazning paxta yo'nalishida ham joriy yilning 4 aprel sanasida o'tkazilib, tadbirni mehnat muhofazasi boʼyicha muhandis O.Miraxmedov olib bordi.
Seminarda tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, tabiy va texnogen ofatlar boʼlganda amalga oshiriladigan zarur choralar, xususan xodimlarni ushbu xolatlarda xatti-xarakatlari, jabrlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish boʼyicha batafsil tushunchalar berib oʼtildi.
Poll
Contacts
Contact form