Contacts
Ayni paytda Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshchiligidagi delegatsiya Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turibdi. Vazirlik mutasaddilarining tashrif maqsadi aniq, paxtachilik va urug‘chilik sohasida tajriba almashish, mamlakatimizda xorij tajribasi asosida zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish.
Delegatsiya a’zolari tashrifning ilk kunida AQSh Qishloq xo‘jaligi departamenti (vazirligi) va O‘simlik va hayvonot sog‘lig‘i inspeksiyasi xizmati ‘APHIS’ vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuv davomida Amerikada paxta yetishtirish va uni qayta ishlash sohalarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar, sohadagi so‘nggi tajribalar va texnologiyalar, jumladan, mazkur yo‘nalishda eksport va import imkoniyatlarini kengaytirish uchun hamda urug‘, o‘simlik va tayyor mahsulotlarning tabiiy zararkunandalar, pestitsid va boshqa xavflardan himoya qilishga qaratilgan texnologiyalar, fumigatsiya amaliyoti, muammolar o‘chog‘ini yo‘q qilish usullari namoyish etildi.
Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, Amerika tajribasi asosida mazkur texnologiyalarni O‘zbekistonda ham joriy etish va bu borada maxsus treninglar o‘tkazish masalasi o‘rtaga tashlandi.
Ushbu taklif amerikalik agrar soha vakillari tomonidan ijobiy baholanib, hamkorlikni kengaytirish hamda kelgusida tashabbuslarni o‘z ichiga olgan hujjatni imzolashga kelishib olindi. Shu bilan birga, AQSH tomonidan paxtachilik sohasidagi yetakchi shtatlaridan biri bo‘lmish Texasda paxta va paxta urug‘chiligi sohasidagi amaliy ishlar bilan yaqindan tanishtirish uchun amaliy yordam berilishiga kelishib olindi.
Qayd etish joizki, delegatsiya tarkibida Markazning paxta yo'nalishining tajribali mutaxassisi Jahongir Po'latov ham ishtirok etmoqda.
Manba: agro.uz
Poll
Contacts
Contact form