21 fevral – Xalqaro ona tili kuni

“O‘zagroinspeksiya” qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatini baholash markazi” DMning markaziy apparati, markaziy laboratoriyalar hamda hududiy filiallarida 21-fevral “Xalqaro ona tili” bayrami munosabati bilan marifat soati o‘tkazildi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev: “Har birimiz davlat tiliga boʼlgan eʼtiborni mustaqillikka boʼlgan eʼtibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim”, deya alohida taʼkidlagandi.

Darhaqiqat, dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʼlgan ona tilimiz xalqimiz tafakkurining bebaho mulki, milliy oʼzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsolidir. Kishi uchun kindik qoni toʼkilgan Vatani qanchalik aziz boʼlsa, ona tili ham shunchalik moʼʼtabar sanaladi. Uning onadek muqaddas timsolga mengzalishi, aslida shundan.

Birlashgan millatlar tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʼyicha tashkiloti – YuNESKO tomonidan Xalqaro ona tili bayramining keng nishonlanishi zamirida turli millatu elatlarga mansub tillarni asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazishdek ulugʼ maqsad mujassam.

Tadbirda oʼzbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi nufuzi va maqomini oshirishga qaratilgan islohotlar, xususan, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tarixiy ahamiyatga molik saʼy-harakatlar alohida eʼtirof etildi. Ona tilimizning qadr-qimmatini yuksaltirish, unga hurmat va ehtirom koʼrsatish yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi, oʼz tilini asragan millatning istiqboli farovon boʼlishi taʼkidlandi.

 

20240219112328.jpg

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Feb 21, 2024

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form