“Urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi” bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 25-apreldagi “Urug‘lik don olish uchun ekilgan g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 115-sonli buyrug‘ining 6-bandida g'alla maydonlarida aprobatsiya ko'rigini o'tkazish bo'yicha respublikaning ko'rgazmali o'quv-seminarini tashkil qilish topshirig‘i berilgan.

Vazirlar Mahkamasining qarori va Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida joriy yilning 3 may sanasidan “Urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi” bo‘yicha shartnoma asosida o‘quv kursi tashkil etildi.

Mazkur o‘quv kursida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari amaldagi normativ - huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar hamda xalqaro me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan o‘quv- tematik dasturlarga muvofiq mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

O‘quv kursida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan o‘tkazilib, kurs yakuni bilan tinglovchilarga maxsus guvohnomalar taqdim etiladi.


photo2024-05-0413-18-02.jpg

photo2024-05-0413-18-03-2.jpg

photo2024-05-0413-18-03.jpg

photo2024-05-0413-18-02-2.jpg

photo2024-05-0413-18-02-3.jpg

 

Posted in "News"
Published by agroxizmat on May 4, 2024

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form