Contacts
“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi 2024-yil uchun tuzilgan ish-rejasi tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-fevral kuni Markazning Xorazm viloyati filiali binosida “Korrupsiya nima va uning oldini olish uchun qanday profilaktika choralari zarur” mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat xizmati tomonidan Markazning - Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining huquqiy asoslari haqida tushuntirishlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasiga qo‘shilish to‘g‘risda”gi qonun (2008), O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun (2017), O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon (2020), O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamotchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmon (2021), Korruptsiya o'ziga xos irsiy davolab bo'lmaydigan kasallik sifatida qadim zamonlardan beri mavjud bo'lib, jamiyatlar va davlat tashkilotlariga ta'sir ko'rsatib kelgan va bugungi kungacha mag'lubiyatsiz qolib kelayotgaligi tushuntirib o’tildi. Bu huquqiy asoslarning ustuvorligi, demokratiya va inson huquqlari ustuvorligi tamoyillariga asoslangan hujjatlar hisoblananishi takidlab o’tildi.
Korrupsiyaning oldini olish va xodimlarning korrupsion hatti-xarakatlariga yo’l qo’ymaslik uchun bino va inshoatlarga, axborot stendlariga ijtimoiy reklama plakatlarini joylashtirish hamda yuzaga keluvchi korrupsion hati-xarakatni oldini olish maqsadida filial ma’sullariga ko’rsatmalar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok yetuvchi organlar va tashkilotlar hamda ularning vakolatlari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir yetganlik uchun javobgarlik choralari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun jazo muqarrarligini to’g‘risida atroflicha ma’lumotlar berib o’tildi.
Tadbir so’ngida Xorazm viloyati filiali xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid o’zlarini qiziqtirgan savollari bo’yicha tegishli javoblar berildi.
Poll
Contacts
Contact form