Aloqa
Markazning "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" kurslarining 6 kishidan iborat I-2022 guruhi joriy yilning 30 mart sanasida "Real TEX Tashkent" MChJda tasdiqlangan o‘quv-tematik rejaga ko‘ra amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotlarni Markazning malakali mutaxassislari O.Miraxmedov va M. Aripjanov olib bordilar.Mashg‘ulotlar jarayonida paxta tolasini qayta ishlash bo‘yicha tinglovchilarga maʼlumotlar berildi.
Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchilik va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish “Urug‘ yetishtirish va urug‘lik sifatini nazorat qilish” mavzusidagi seminar-trening dasturi doirasida Markazning urug‘chilik yo‘nalishining malakali mutaxassislari ishtirok etdilar. Shuningdek, tasdiqlangan o‘quv-rejaga asosan yo‘nalishlar va hududiy filiallarda texnik-amaliy o‘quv darslari joriy yilning 25 mart sanasida davom ettirildi.
"Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi" davlat unitar korxonasi barchangizni yangilanish va poklanish ramzi bo‘lgan Navro‘z ayyomi bilan samimiy qutlaydi! Har bir xonadonga baxt va farovonlik hamrox bo‘lishini tilab qoladi!
Markazning "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" kurslarining 6 kishidan iborat I-2022 guruhi joriy yilning 4 mart sanasida "Real Agro Cotton" MChJda tasdiqlangan oʼquv-tematik rejaga koʼra amaliy mashgʼulotlar boʼlib oʼtdi. Ushbu mashgʼulotlarni Markazning malakali mutaxassisi M. Аripjanov olib bordi va mashgʼulotlar jarayonida paxta tozalash korxonasida paxta xomashyoni qayta ishlash, paxta tolasini tozalash, presslash jarayonlarni oʼrganish boʼyicha tinglovchilarga maʼlumotlar berildi.
Markaz direktorining joriy yilning 25 fevraldagi 18 i/ch-sonli buyrugʼiga asosan 28 fevral sanasidan "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kursida navbatdagi guruh oʼz faoliyatini boshladi. Ushbu oʼquv kursi jami 248 soatdan iborat boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda paxta tolasini standartlashtirish va sertifikatlashtirish, marketing asoslari, paxtani dastlabki ishlash reglamenti, yongʼin xavfsizligi kabi mavzularidan tashkil topgan. Oʼquv kursida Respublikamizning paxta klasterlari va Markazning paxta yoʼnalishi xodimlari tinglovchi sifatida qatnashmoqdalar.
Жорий йилнинг 18 февраль куни Марказ йўналишлари ҳамда ҳудудий филиалларда тасдиқланган режага асосан навбатдаги техник ўқув машғулотлари бўлиб ўтди.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish