Aloqa
Марказ директорининг жорий йилнинг 25 февралдаги 18 и/ч-сонли буйруғига асосан 17 майдан "Пахта толасини классификациялаш, сертификатлаштириш ва маркетинг" ўқув курсида навбатдаги гуруҳ ўз фаолиятини бошлади. Ушбу ўқув курси жами 248 соатдан иборат бўлиб, Ўзбекистон Республикаси ва хорижий мамлакатларда пахта толасини стандартлаштириш ва сертификатлаштириш, маркетинг асослари, пахтани дастлабки ишлаш регламенти, ёнғин хавфсизлиги каби мавзуларидан ташкил топган. Ўқув курсларида Республикамизнинг пахта кластерлари ва Марказнинг пахта йўналиши ходимлари тингловчи сифатида қатнашмоқдалар.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Агросаноат мажмуи устидан назорат қилиш инспекцияси қошидаги "Агросаноат мажмуида хизматлар кўрсатиш маркази" давлат унитар корхонасининг "Пахта маҳсулотларни классификациялаш, сертификатлаштириш ва маркетинги курси"нинг 1-2022-сонли гуруҳи тингловчилари якуний имтиҳонлардан мувафақиятли ўтдилар.
Ушбу имтиҳонларни Ўзагроинспекция ҳамда Марказнинг малакали мутахассислари қабул қилиб, тингловчиларга маҳсус сертификатлар тақдим қилдилар.
Markazning "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" kurslarining 6 kishidan iborat I-2022 guruhi joriy yilning 30 mart sanasida "Real TEX Tashkent" MChJda tasdiqlangan o‘quv-tematik rejaga ko‘ra amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotlarni Markazning malakali mutaxassislari O.Miraxmedov va M. Aripjanov olib bordilar.Mashg‘ulotlar jarayonida paxta tolasini qayta ishlash bo‘yicha tinglovchilarga maʼlumotlar berildi.
Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchilik va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish “Urug‘ yetishtirish va urug‘lik sifatini nazorat qilish” mavzusidagi seminar-trening dasturi doirasida Markazning urug‘chilik yo‘nalishining malakali mutaxassislari ishtirok etdilar.
Shuningdek, tasdiqlangan o‘quv-rejaga asosan yo‘nalishlar va hududiy filiallarda texnik-amaliy o‘quv darslari joriy yilning 25 mart sanasida davom ettirildi.
"Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi" davlat unitar korxonasi barchangizni yangilanish va poklanish ramzi bo‘lgan Navro‘z ayyomi bilan samimiy qutlaydi! Har bir xonadonga baxt va farovonlik hamrox bo‘lishini tilab qoladi!
Markazning "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" kurslarining 6 kishidan iborat I-2022 guruhi joriy yilning 4 mart sanasida "Real Agro Cotton" MChJda tasdiqlangan oʼquv-tematik rejaga koʼra amaliy mashgʼulotlar boʼlib oʼtdi. Ushbu mashgʼulotlarni Markazning malakali mutaxassisi M. Аripjanov olib bordi va mashgʼulotlar jarayonida paxta tozalash korxonasida paxta xomashyoni qayta ishlash, paxta tolasini tozalash, presslash jarayonlarni oʼrganish boʼyicha tinglovchilarga maʼlumotlar berildi.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish