category

Yangiliklar

Kartoshka yetishtirish va sertifikatlashtirish boʼyicha trening oʼtkazildi

2022-yilning 8-10-noyabr kunlari Toshkent shahrida urugʼlik kartoshkani yetishtirish va sertifikatlashtirish boʼyicha treninglar hamda seminarlar oʼtkazildi. Tadbirlar Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi tashkiloti (FAO) qoʼshma loyihasi doirasida tashkil yetilgan. Treninglar mavzusi “COVID-19"ga javoban kartoshkachilik sektorini tiklash va rivojlantirish” boʼlib, ularni FAOning kartoshka urugʼchiligi boʼyicha xalqaro yeksperti Mehmet Emin Chalishkan (Turkiya) olib bordi. Ushbu treninglarda jami 30 ga yaqin mutaxassislar, jumladan, "Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi" DUK mutaxassislari ishtirok etdilar. Mashgʼulotlar davomida kartoshkani koʼpaytirish va sifatli urugʼlik kartoshka ekishning afzalliklari, urugʼlik kartoshka yetishtirishga qoʼyiladigan umumiy talablar va boshqa muhim jihatlar koʼrib chiqildi. Mutaxassis ishtirokchilarga ekish uchun joy tanlash, almashlab ekish, ekishni boshqa ekinlardan izolyasiyalash, ekish zichligi kabi muhim jihatlarni hisobga olgan holda dalaga kartoshka urugʼini ekishning oʼziga xos xususiyatlarini tushuntirib berdi. Treningda suv resurslari va oʼgʼitlardan foydalanish, begona oʼtlar, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish usullarini oʼrganishga alohida eʼtibor qaratildi. "Seminardan koʼzlangan asosiy maqsad Oʼzbekistonda kartoshka yetishtirish imkoniyatlari va xavf-xatarlarini umumlashtirib tahlil qilishdan iborat. Umid qilamizki, trening va seminardan soʼng biz Oʼzbekistonda kartoshka urugʼchiligini rivojlantirish dasturini yaratish uchun qimmatli maʼlumotlarni olamiz”, — dedi FAOning kartoshka urugʼchiligi boʼyicha xalqaro eksperti Mehmet Emin Chalishkan.   Maʼlumot uchun Koronavirus pandemiyasining kartoshka yetishtirishga va mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy taʼsiriga qarshi kurashish maqsadida Oʼzbekistonda 2021-yildan buyon Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi bilan hamkorlikda FAOning “COVID-19ga javoban kartoshkachilik sektorini tiklash va rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha Oʼzbekistonda yuqori, barqaror va sifatli hosil yetishtirish orqali kartoshka sohasining mahsuldorlik salohiyatini oshirishga qaratilgan. Kartoshka navlarini roʼyxatga olish va urugʼlik sertifikati tizimini takomillashtirish, kartoshka yetishtirishni modernizatsiya qilish, kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, mahsulotlarni saqlash sharoitlarini yaxshilash boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish, shuningdek, ushbu sohada faoliyat yurituvchi fermerlar, agronomlar hamda boshqa mutaxassislarni tayyorlash boʼyicha ishlar olib borilmoqda.           Manba: www.agro.uz

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Nov 14, 2022

Zamonaviy labaratoriya sogʼlom urugʼ eksport va importini taʼminlaydi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan oʼtgan davrda amalga oshirilgan ishlar va profilaktika tadbirlari yuzasidan matbuot anjumani mobaynida yangi qurilgan zamonaviy laboratoriya haqidagi "Oʼzbekiston 24" telekanalida namoyish etilgan rolik    

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Nov 8, 2022

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha seminar

Joriy yilning 7 oktyabrь sanasida Markazning majlislar zalida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan "Korrupsiyaga qarshi kurashish qonunchilik amaliyoti va xodimlarning majburiyatlari" mavzusida seminar boʼlib oʼtdi. Mazkur seminarda Markaz rahbariyati, boshqarma va boʼlim boshliqlari, mutaxassislar, filial rahbarlari (onlayn ravishda) hamda "Oʼzagroinspeksiya"ning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʼlimi bosh inspektori Sh. Xamraevlar ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilari yigʼilganlarga korrupsiya boʼyicha asosiy tushunchalar, uning koʼrinishlari, turlari va unga qarshi kurashni tashkillashtirishda qonunchilik amaliyoti va xodimlarning majburiyatlari boʼyicha batafsil tushuntirish berishdi. Shuningdek, seminar davomida Markaz xodimlariga ish jarayonida ehtimoliy korrupsiya boʼyicha aniqlangan holatlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni zudlik bilan Markazning kadrlar boʼlimi yoki Inspeksiyaning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʼlimiga taqdim etib borishlari toʼgʼrisida kelishib olindi.        

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Oct 10, 2022

Bayram muborak aziz ustozlar va murabbiylar!

"Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi" davlat unitar korxonasi aziz ustozlar va murabbiylarni 1- oktyabrь - "Oʼqituvchi va murabbiylar kuni" bilan samimiy muborakbod etadi!    Doimo sogʼ-salomat va omon boʼling, aziz ustozlar!    

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Oct 1, 2022

Диққат эълон!!!

“Агросаноат мажмуида хизматлар кўрсатиш маркази” ДУКда вакант турган - Коррупцияга қарши ички назорат хизмати бош мутахассиси лавозимига очиқ танлов ўтказилишини маълум қилади.  МАЛАКАВИЙ ТАЛАБЛАР: олий юридик маълумот;  коррупцияга қарши курашиш соҳасида етарли кўникмага эга бўлиши; давлат тилини мукаммал билиши;  замонавий ахборот-коммуникация технологияларидан фойдалана билиш (аъло даражада); тезкор қарор қабул қилиш ва уни амалга ошира олиш.  Бош мутахассисга қўйиладиган шахсий фазилатлар:  таҳлилий ва муқобил фикрлаш;  ташаббускорлик;  бурч ва жавобгарлик ҳисси;  принципиаллик, ҳалоллик, одоблилик;  жамоада ижобий муносабатларни яратиш қобилияти;  янги, илғор тажрибаларни кўра олиш, қўллаб-қувватлаш ва ишда қўллай олиш қобилияти;  танқидни кўтара олиш. ЛАВОЗИМ МАЖБУРИЯТЛАРИ 1. Марказнинг коррупцияга қарши курашиш бўйича фаолиятини такомиллаштириш;  2. Марказда коррупцияга оид ҳуқуқбузарликларни профилактика қилиш ва уларга қарши курашиш;  3. Марказда коррупцияга қарши курашиш тизимини самарали ишлашини таъминлаш ва назорат қилиш;  4. Коррупцияга қарши курашиш бўйича фаолиятни амалга оширувчи ҳамда унда иштирок этувчи бошқа давлат органлари ва ташкилотлари билан ҳамкорликни олиб бориш. ИШ ШАРОИТЛАРИ Иш кунлари: душанба, сешанба, чоршанба, пайшанба, жума. Дам олиш кунлари: шанба, якшанба. Иш вақти: 09: 00 дан 18:00 гача Танловда иштирок этиш учун ҳужжатларингизни 2022 йилнинг 5 октябрига қадар қуйидаги электрон манзилга юборишингиз мумкин: info@agroxizmat.uz  

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Sep 23, 2022

Markazda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʼlida olib borilayotgan ishlar yuzasidan

“Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” davlat unitar korxonasi mehnat jamoasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish hamda oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashdagi rolini kuchaytirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi PF-81-sonli, 2022yil 7 martdagi PF-87-sonli Farmonlari, 2022 yil 1 martdagi PQ-146-sonli Qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida 2022 yil 18 may kuni oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishi bayoniga asosan 2022 yil 1 avgust kuni 78-sonli buyruq bilan Markazda xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkiloti tashkil etildi. Ushbu davr mobaynida boshlangʼich tashkilot tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi: 1. Markaziy apparat xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkiloti joriy yilning 12-13 avgust kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Аgentligi tomonidan tashkil etilgan Yoshlar ijod saroyida vazirlik va davlat tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan yosh xotin-qizlarning malakasini oshirishga qaratilgan oʼquv seminarida faol qatnashdi va sertifikatlar bilan taqdirlandi. 2. Markaziy apparat xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkiloti 2022 yil avgust oyida Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyat filiallarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning roʼyxatini shakllantirdi va viloyat filiallarida 5 nafardan koʼp boʼlgan xotin-qizlar oʼzlari uchun boshlangʼich tashkilot tuzishdi. 3. “Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” davlat unitar korxonasida faoliyat olib borayotgan kam taʼminlangan va nogiron farzand tarbiyalayotgan xotin-qizlar roʼyxatini shakllantirdi. 4. Qoraqalpogʼiston Respublikasi filialida qishloq xoʼjaligi ekinlarini ekinboplik sifat koʼrsatkichlarini aniqlash laboratoriyasi texnik laboranti Yusupova Gulmira Muratbaevna nogiron farzand tarbiyalayotganligi, hamda Аndijon viloyat filialida paxta mahsulotlarini sinovdan oʼtkazish xududiy laboratoriyasining ishlab chiqarish laboranti Matisaeva Gulmiraxon Oʼktamovna kam taʼminlangan ayol boʼlganligi uchun Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan 2 million soʼm pul bilan taqdirlandi.                

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Sep 12, 2022

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish