Aloqa
Joriy yilning 25 sentyabr kuni Markazning majlislar zalida “O‘zagroinspeksiya” tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha 2023-yil ikkinchi yarim yilligi uchun “Yo‘l xaritasining” 11-bandiga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi vakillari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Markaz rahbariyati, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, mutaxassis xodimlari hamda ZOOM platformasi orqali hududiy filiallar xodimlari ishtirok etdilar.
Seminar davomida ma’sul tashkilot ishtirokchilari Markaz xodimlariga bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashida amalga oshirilayotgan ishlar, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar, korrupsiya illatini yo‘qotish borasida tabdir ishtirokchilariga batafsil ma’lumot va tavsiyalar berib o‘tdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonnning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni ijrosini tashkil etish bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya”ning chora-tadbirlar rejasi 11-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16-sentyabr kuni Markazda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun ko‘xna Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Mazkur tadbir doirasida Markazda mehnat qilayotgan 40 nafardan ortiq xotin-qizlar qadimiy Samarqand shahrining tarixiy joylari, jumladan Go‘ri Amir, Shohi zinda, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Registon maydoni kabi muqaddas qadamjolari, hazrati Xizr masjidi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning qabrini ziyorat qilishdi. Bu kabi tadbirlar kelgusida ham davom etirilishi rejalashtirilmoqda.
Joriy yilning 25 avgust sanasida "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kurslarining II-2023-sonli guruhida yakuniy imtihonlar bo'lib o'tdi. Ushbu imtihonlar Markaz va "O'zagroinspeksiya"ning tajribali mutaxassislari tomonidan o'tkazilib, yakunda kurs tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslari tinglovchilari navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlarda qatnashdilar.
Joriy yilning 16 avgust kuni II-2023-sonli guruhi tinglovchilari Markazning Qibray tumanida joylashgan laboratoriyada tasdiqlangan o‘quv-tematik rejaga ko‘ra, navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar.
Ushbu mashg'ulotlar jarayonida Markazning malakali mutaxassislari D.Nizamov va U.Xasanov guruh tinglovchilariga qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarining ekinbopligi, GMO va havfsizligini aniqlash hamda sertifikаtlаshtirish bo'yicha ma'lumotlar berib o'tidilar.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslarida navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.
Markazning "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" kurslarining II-2023 guruhi joriy yilning 11 avgust sanasida "Real TEX Tashkent" MChJda, tasdiqlangan o‘quv-tematik rejaga ko‘ra amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotlarni Markazning malakali mutaxassislari O.Miraxmedov va F. Azizxo'djaeva olib bordilar. Mashg‘ulotlar jarayonida paxta tolasini qayta ishlash bo‘yicha tinglovchilarga ma’lumotlar berildi.
Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi qoshidagi “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslarida oʼquv-amaliy mashgʼulotlar boʼlib oʼtdi.
Joriy yilning 9-10 avgust kunlari II-2023-sonli guruhi tinglovchilari Markazning Qibray tumanida joylashgan paxta laboratoriyasida navbatdagi oʼquv-amaliy mashgʼulotlarda ishtirok etdilar. Ushbu mashgʼulotlar jarayonida mutaxassis xodimlar tarafidan guruh tinglovchilariga laboratoriya sharoitlarida paxta mahsulotlarini sinash va sifatini aniqlash boʼyicha maʼlumotlar berib oʼtildi.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish