Aloqa
YuNESKO tashkiloti tomonidan 21 fevral – Xalqaro ona tili kuni deb eʼlon qilingan. Mazkur sana 2001 yildan buyon xalqaro miqyosda nishonlanib kelinmoqda. Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning oʼz milliy tafakkuri, maʼnaviyati, ruhiyatining oʼzagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi oʼz aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning oʼz Vatani va oʼz tiliga boʼlgan muhabbati, unga boʼlgan ehtiromi, qadrlash tuygʼulari yangilanadi. Shu munosabat bilan 21 fevral sanasida Markazning majlislar zalida Markaz xodimlari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi. Tadbirda oʼzbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi nufuzi va maqomini oshirishga qaratilgan islohotlar, xususan, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tarixiy ahamiyatga molik saʼy-harakatlar alohida eʼtirof etildi. Ona tilimizning qadr-qimmatini yuksaltirish, unga hurmat va ehtirom koʼrsatish yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi, oʼz tilini asragan millatning istiqboli farovon boʼlishi taʼkidlandi.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) qoldirgan bebaho ilmiy-ijodiy meros nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida oʼringa ega. Bugun 14 fevral sanasida jahon tarixida oʼchmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri, buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlanmoqda.Shu munosabat bilan Markazda rahbarlar, bo'lim boshliqlari va mutaxassis xodimlar ishtirokida buyuk vatandoshimiz xayoti, uning betakror ijodi xaqida so'z yuritilib, Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga taa'luqli g'azal va sherlardan Markaz xodimlari ijrosida tinglandi.
Joriy yilning 16 dekabr sanasida Markazda "Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish" boʼyicha yigʼilish boʼlib oʼtdi. Ushbu yigʼilishda Markaz rahbariyati, boʼlim boshliqlari, mutaxassilar va onlayn ravishda hududiy filiallar hodimlari ishtirok etdilar. Mazkur seminar yigʼilishini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi R. Yuladshev olib bordi va tadbir ishtirokchilariga korrupsiya boʼyicha asosiy tushunchalar, uning koʼrinishlari, turlari va unga qarshi kurashni tashkillashtirishga oid qonunchilik amaliyoti va xodimlarning majburiyatlari boʼyicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, seminarda Markaz tizimi ish jarayonida ehtimoliy korrupsiya boʼyicha aniqlangan holatlarni oldini olish, korrupsion holatlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni zudlik bilan Markazning tegishli boʼlimlariga taqdim etib borish boʼyicha koʼrsatmalar berildi. Ushbu mavzu, tadbir - qatnashchilari orasida qiziqish oʼygʼotib, bahs - munozara tarzida muloqot olib borildi va ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar qaytarildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22 noyabrdagi 10/1-525-sonli topshirigʼi va BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan eʼlon qilingan “25 noyabr-Xalqaro ayollarga nisbatan zoʼravonlikka barham berish kuni”ga bagʼishlangan 2022 yil 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zoʼravonlikka qarshi 16 kun” turkum tadbirlarini tashkil etish borasida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan 2022 yil 6 dekabr sanasida “Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” DUKda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida” hamda “Xotin-qizlarni taʼziq va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisida”gi konventsiyani mazmun mohiyatini, huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida tadbir boʼlib oʼtdi. Tadbirga Oʼzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligidan Maʼnaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, “Davlat tili toʼgʼrisida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʼyicha Bosh direktor maslahatchisi filosofiya fanlari doktori, professor Mamadalieva Noibaxon Saydaminovna taklif qilindi. Ushbu tadbir davomida gender zoʼravonlikning koʼrinishlari, yaʼni ruhiy, jismoniy va iqtisodiy zoʼravonlik boʼyicha bilim va koʼnikmalarni mustahkamlash, ayollarni oʼz haq-huquqlari boʼyicha yetarli bilimga ega boʼlishi zarurligi yuzasidan soʼz yuritildi. Muqaddas sanalgan oilada ayolga nisbatan qilingan zoʼravonlikni yurtimiz kelajagi uchun qilingan tajovuz sifatida baholanishi lozimligi, xotin-qizlarga nisbatan munosabatni yanada yaxshilash, ularga nisbatan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlash har birimiz uchun ham farz ham qarzligi alohida taʼkidlandi.
Mamlakatimizdagi Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vakolatxonasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi hamda “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” Davlat unitar korxonasining rahbar-mutaxassislari ishtirokida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda TIKA agentligi tomonidan taklif qilingan “O‘zbekistonda urug‘chilik sohasining barqаror rivojlanishiga hissa qo‘shish va malaka oshirishga qaratilgan texnikaviy hamkorlik” loyihasi bo‘yicha mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash, urug‘larni sertifikatlash va ro‘yxatga olish jarayonlari, umumiy urug‘ savdosining rivojlanishiga imkon beruvchi marketing bozorini rivojlantirish kabi masalalar muhokama etildi. Shuningdek, O‘zbekistondagi soha sektori xodimlarini Turkiyadagi 5 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatli taʼlim va amaliyot, malaka oshirishga jalb etish hamda texnikaviy hamkorlik loyihalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Ushbu loyiha tomonlar o‘rtasida urug‘chilik, nav sinash va sertifikatlash tizimlarini o‘rganish va takomillashtirishga xizmat qiladi. Uchrashuv mobaynida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hamkorlikdagi ishlar yuzasidan fikrlar almashildi. Xususan, ularning amalga oshirilishi fermerlarga va tadbirkorlarga, sohaga doir tashkilotlarga ko‘plab qulaylik va yengilliklarni berishi ta’kidlandi. Loyihani sifatli va to‘laqonli shakllantirish va dastlabki ishlarni amalga oshirish yuzasidan ushbu oyning oxirida ZOOM orqali ikki tomonlama rahbar va mutaxassis xodimlarni jalb etgan holda muzokaralar o‘tkazish rejalashtirildi. Shu bilan birga yaqin kelajakda Turkiyadan tegishli tashkilotlar mutaxassislarini Toshkentdagi TIKA vakolatxonasi ko‘magida O‘zbekistonga tashrifini tashkillashtirish bo‘yicha masala ko‘tarilib, agentlik tomonidan maʼqullandi. Maʼlumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 15-fevraldagi 02-336-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-fevraldagi 03/1-330-son topshirig‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasida agrosanoat sohasida strategik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish topshirig‘i ijrosini taʼminlash vazifasi qo‘yilgandi. 2022-yil fevral oyida esa, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Turkiyaning Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik vazirligi o‘rtasida “Qishloq xo‘jaligi sohasida texnik, ilmiy, iqtisodiy va mutaxassislar tajribasini almashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi Bitim imzolangandi. Manba: www.agro.uz
Toshkent davlat agrar universitetida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda targʼib qilish maqsadida oʼquv seminari oʼtkazildi. Tadbirda turli vazirlik, qoʼmita va agentliklar xodimlari bilan birga "Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi" DUKning 20 nafardan ortiq masʼul xodimlari qatnashdilar. Oʼquv seminarini adliya vaziri oʼrinbosari Muzraf Ikramov Qaror ijrosini soʼzsiz taʼminlash yuzasidan vazirlik va idoralarda amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi vazifalar xususidagi maʼruzasi bilan ochib berdi. Soʼng Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari soʼzga chiqib, kasbiy madaniyat, xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqari, shuningdek tashqi koʼrinish va kiyinish uslubiga oid umumiy odob-axloq qoidalari toʼgʼrisida fikr yuritishdi. Seminar davomida savol-javoblar ham oʼtkazildi. Markazda 595-sonli VMQ ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yil 31-oktyabrdagi 118-sonli buyruq tasdiqlangan boʼlib, Markaz va uning tarkibiy boʼlinmalarida xodimlar uchun majburiy boʼlgan idoraviy odob-axloq qoidalari, idoraviy odob-ahloq komissiyasi tarkibi, odob-ahloq borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, targʼibot va tushuntirish ishlarini faol olib borish masalalari belgilab berilgan. Manba: www.agro.uz
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish