category

Yangiliklar

Mehnat muhofazasi va birinchi yordamni koʼrsatishda tibbiy ashyolardan foydalanish boʼyicha oʼquv seminari boʼlib oʼtdi

BIRINChI YoRDАM — baxtsiz hodisalar roʼy berganda, kishi shikastlanganda yoki toʼsatdan kasal boʼlib qolganda uning hayotini saklab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi uchun koʼrsatiladigan tez va oddiy tadbirlar majmui; tibbiy xodim yetib kelguncha yoki ularni kasalxonaga olib borguncha amalga oshiriladi.  Shunday vaziyatlarda ish joyida toʼgʼri harakat qilish, tibbiyot ashyolari va dorilardan toʼgʼri foydalanish maqsadida joriy yilning 29 iyulь sanasida Markazning urugʼchilik yoʼnalishida mehnat muhofazasi va birinchi yordamni koʼrsatishda tibbiy ashyolardan foydalanish boʼyicha oʼquv seminari boʼlib oʼtdi. Seminarda xodimlar mehnat faoliyati davomida baxtsiz hodisalarni oldini olish, inson hayotiga xavf solganda, jaroxat olganda yoki kasal boʼlganda birinchi tibbiy yordamni koʼrsatish, jixozlar va dorilardan toʼgʼri foydalanish boʼyicha Markazning mehnat muhofazasi boʼyicha muhandisi O. Miraxmedov tomonidan seminar ishtrokchilariga batafsil maʼlumotlar berib oʼtildi.  

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 29-iyl, 2022

Joriy yil hosilidan viloyat bo‘yicha jami 17 ming 112 tonna urug‘lik don jamg‘arilgan

Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil va sifatli mahsulot olishning asosiy negizi urug‘chilikka bog‘liq bo‘lib, urug‘ bozorini shakllantirishda urug‘larni yetishtirish, qayta ishlash hamda navdorlik va ekinboplik sifatlarini nazorat qilish alohida ahamiyat kasb etadi. "O‘zagroinspeksiya"ning Namangan viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi”, “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUK viloyat filiali bilan hamkorlikda "Uchqo‘rg‘on urug‘lik don qabul qilish" shoxobchasida 2023 yil hosili uchun sifatli urug‘lik tayyorlash maqsadida saralash, tozalash, dorilash va qadoqlash hamda urug‘lik don tarqatish shoxobchalariga tarqatish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminari o‘tkazildi. Anjumanda taʼkidlanganidek, joriy yil hosilidan viloyat bo‘yicha jami 17 ming 112 tonna urug‘lik don tayyorlandi. Ularni belgilangan meʼyor va standart talabalariga mos ravishda saqlash bilan birga saralash, dorilash kabi yumushlar ham boshlandi. Viloyatdagi 5 ta urug‘lik donni qayta ishlash sexlarida tayyorgarlikning holati, zarur zaxiralarning yaratilgani seminarda keng muhokama qilindi. Ushbu jarayonda “O‘zagroinspeksiya” hamda “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUK viloyat filiali mutaxassislari tomonidan standart talablar asosida sifatli urug‘lik tayyorlash maqsadida tizimli va qatʼiy nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, urug‘lik-don tayyorlayotgan sexlarga inspeksiyaning hududiy bo‘limlari xodimlari birikitirildi va ular tomonidan davlat standarti talabi asosida urug‘lik don tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va navlar aralashmasi bo‘yicha doimiy nazorat ishlari olib boriladi. Seminar ishtirokchilari "Uchqo‘rg‘on urug‘lik don qabul qilish" shoxobchasining mavsumga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdilar.    N. Isomitdinov, “O‘zagroinspeksiya” Namangan viloyati boshqarmasi bosh inspektori   Manba: agroinspeksiya.uz        

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 21-iyl, 2022

Аgrar sohada bilim va innovatsiyalar tizimi- Agroxizmatlar markazidan lavha

Toshkent viloyati agrar sohada bilim va innovatsiyalar tizimi- Agroxizmatlar markazi (ARGIS) Markaziy Osiyo uchun yangi tizim hisoblanib, unda fermer, dehqon xoʼjaliklari, klasterlar, tomorqa yer yegalari uchun keng koʼlamdagi 100 dan ortiq agroxizmatlarni taqdim yetadi. Mazkur Markazdan "Oʼzagroinspeksiya" uchun ham pavilion ajratilgan. Video lavhani ushbu havola orqali koʼrishingiz mumkin.     Manba: "Аgroinspeksiya" matbuot xizmati

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 8-iyl, 2022

Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" kurslarida yakuniy imtihonlar boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi qoshidagi "Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi" davlat unitar korxonasining "Paxta mahsulotlarni klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketingi kursi"ning 2-2022-sonli guruhi tinglovchilari yakuniy imtihonlardan muvafaqiyatli oʼtdilar. Ushbu imtihonlarni Oʼzagroinspektsiya hamda Markazning malakali mutaxassislari qabul qilib, tinglovchilarga mahsus sertifikatlar taqdim etdilar.        

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 24-iyn, 2022

Konstitutsion islohotlar - rivojlanish uchun muhim qadam

Oʼzbekiston "Аdolat" sotsial-demokratik partiyasining Siyosiy Kengashi tashabbusi bilan “Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” davlat unitar korxonasida "Konstitutsion islohotlar - rivojlanish uchun muhim qadam" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Markaz rahbariyati, boshqarma va boʼlim xodimlari ishtirok etdilar. Yigʼilish davomida Konstitutsion islohatlarning maqsadi va samarasi boʼyicha tushunchalar berilib, Markaz xodimlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish boʼyicha oʼz taklif va fikrlarini bildirdilar.            

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 10-iyn, 2022

II-2022- sonli oʼquv guruhida amaliy mashgʼulotlar boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi qoshidagi "Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi" davlat unitar korxonasining "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" kurslarining 6 kishidan iborat II-2022 guruhi joriy yilning 20 may sanasida "APK BUKA paxta textile cluster" IChKda tasdiqlangan oʼquv-tematik rejaga koʼra amaliy mashgʼulotlarda qatnashdilar. Ushbu mashgʼulotlarni Markazning malakali mutaxassislari M. Аripjanov olib bordi.Mashgʼulotlar jarayonida paxta xomashyosini qayta ishlash, paxta tolasini tozalash, presslash jarayonlarni oʼrganish boʼyicha tinglovchilarga maʼlumotlar berildi.        

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 20-may, 2022

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish