Kartoshka yetishtirish va sertifikatlashtirish boʼyicha trening oʼtkazildi

2022-yilning 8-10-noyabr kunlari Toshkent shahrida urugʼlik kartoshkani yetishtirish va sertifikatlashtirish boʼyicha treninglar hamda seminarlar oʼtkazildi. Tadbirlar Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi tashkiloti (FAO) qoʼshma loyihasi doirasida tashkil yetilgan. Treninglar mavzusi “COVID-19"ga javoban kartoshkachilik sektorini tiklash va rivojlantirish” boʼlib, ularni FAOning kartoshka urugʼchiligi boʼyicha xalqaro yeksperti Mehmet Emin Chalishkan (Turkiya) olib bordi.

Ushbu treninglarda jami 30 ga yaqin mutaxassislar, jumladan, "Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi" DUK mutaxassislari ishtirok etdilar.

Mashgʼulotlar davomida kartoshkani koʼpaytirish va sifatli urugʼlik kartoshka ekishning afzalliklari, urugʼlik kartoshka yetishtirishga qoʼyiladigan umumiy talablar va boshqa muhim jihatlar koʼrib chiqildi. Mutaxassis ishtirokchilarga ekish uchun joy tanlash, almashlab ekish, ekishni boshqa ekinlardan izolyasiyalash, ekish zichligi kabi muhim jihatlarni hisobga olgan holda dalaga kartoshka urugʼini ekishning oʼziga xos xususiyatlarini tushuntirib berdi. Treningda suv resurslari va oʼgʼitlardan foydalanish, begona oʼtlar, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish usullarini oʼrganishga alohida eʼtibor qaratildi.

"Seminardan koʼzlangan asosiy maqsad Oʼzbekistonda kartoshka yetishtirish imkoniyatlari va xavf-xatarlarini umumlashtirib tahlil qilishdan iborat. Umid qilamizki, trening va seminardan soʼng biz Oʼzbekistonda kartoshka urugʼchiligini rivojlantirish dasturini yaratish uchun qimmatli maʼlumotlarni olamiz”, — dedi FAOning kartoshka urugʼchiligi boʼyicha xalqaro eksperti Mehmet Emin Chalishkan.

 

Maʼlumot uchun

Koronavirus pandemiyasining kartoshka yetishtirishga va mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy taʼsiriga qarshi kurashish maqsadida Oʼzbekistonda 2021-yildan buyon Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi bilan hamkorlikda FAOning “COVID-19ga javoban kartoshkachilik sektorini tiklash va rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha Oʼzbekistonda yuqori, barqaror va sifatli hosil yetishtirish orqali kartoshka sohasining mahsuldorlik salohiyatini oshirishga qaratilgan. Kartoshka navlarini roʼyxatga olish va urugʼlik sertifikati tizimini takomillashtirish, kartoshka yetishtirishni modernizatsiya qilish, kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, mahsulotlarni saqlash sharoitlarini yaxshilash boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish, shuningdek, ushbu sohada faoliyat yurituvchi fermerlar, agronomlar hamda boshqa mutaxassislarni tayyorlash boʼyicha ishlar olib borilmoqda.

 

photo2022-11-1417-57-05.jpg

 

photo2022-11-1417-57-09.jpg

 

photo2022-11-1417-57-08.jpg

 

photo2022-11-0914-04-02.jpg

 

Manba: www.agro.uz

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Nov 14, 2022

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish