category

Yangiliklar

Bayramingiz muborak, aziz ayollar!

"Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi" davlat unitar korxonasi barcha ayollarni 8 mart - Halqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaydi! Baxt, omad, farovonlik va baxoriy kayfiyat doimo hamrohingiz boʼlsin!  

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 8-mar, 2023

Markazda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 61-sonli Qaroriga muvofiq, joriy yilning 24 fevral sanasida Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan Toshkent davlat аgrаr universiteti professor-o'qituvchilarini jalb qilgan holda tayyorlangan videodarslar asosida lotin yozuvi qonun-qoidalari, ish yuritish va hujjatlarni rasmiylashtirish bo'yicha o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Tashkil etilgan mashg'ulotlarda markaziy apparat, don, paxta, urug'chilik yo'nalishlari hamda xududiy filiallar xodimlari ishtirok etdilar. Ushbu darslar orqali xodimlarning o‘zbek adabiy tili me‘yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, shuningdek, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarini boyitish maqsad qilingan. Bundan tashqari, nutq madaniyati va notiqlik mahorati, yozma va og‘zaki nutq borasidagi savodxonligini oshirish nazarda tutilgan.                    

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 24-fev, 2023

21 fevral Xalqaro ona tili kuni

YuNESKO tashkiloti tomonidan 21 fevral – Xalqaro ona tili kuni deb eʼlon qilingan. Mazkur sana 2001 yildan buyon xalqaro miqyosda nishonlanib kelinmoqda. Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning oʼz milliy tafakkuri, maʼnaviyati, ruhiyatining oʼzagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi oʼz aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning oʼz Vatani va oʼz tiliga boʼlgan muhabbati, unga boʼlgan ehtiromi, qadrlash tuygʼulari yangilanadi. Shu munosabat bilan 21 fevral sanasida Markazning majlislar zalida Markaz xodimlari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi. Tadbirda oʼzbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi nufuzi va maqomini oshirishga qaratilgan islohotlar, xususan, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tarixiy ahamiyatga molik saʼy-harakatlar alohida eʼtirof etildi. Ona tilimizning qadr-qimmatini yuksaltirish, unga hurmat va ehtirom koʼrsatish yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi, oʼz tilini asragan millatning istiqboli farovon boʼlishi taʼkidlandi.          

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 21-fev, 2023

Markazda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan seminar boʼlib oʼtdi

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) qoldirgan bebaho ilmiy-ijodiy meros nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida oʼringa ega. Bugun 14 fevral sanasida jahon tarixida oʼchmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri, buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlanmoqda.Shu munosabat bilan Markazda rahbarlar, bo'lim boshliqlari va mutaxassis xodimlar ishtirokida buyuk vatandoshimiz xayoti, uning betakror ijodi xaqida so'z yuritilib, Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga taa'luqli g'azal va sherlardan Markaz xodimlari ijrosida tinglandi.  

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 14-fev, 2023

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish boʼyicha seminar

Joriy yilning 16 dekabr sanasida Markazda "Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish" boʼyicha yigʼilish boʼlib oʼtdi. Ushbu yigʼilishda Markaz rahbariyati, boʼlim boshliqlari, mutaxassilar va onlayn ravishda hududiy filiallar hodimlari ishtirok etdilar. Mazkur seminar yigʼilishini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi R. Yuladshev olib bordi va tadbir ishtirokchilariga korrupsiya boʼyicha asosiy tushunchalar, uning koʼrinishlari, turlari va unga qarshi kurashni tashkillashtirishga oid qonunchilik amaliyoti va xodimlarning majburiyatlari boʼyicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, seminarda Markaz tizimi ish jarayonida ehtimoliy korrupsiya boʼyicha aniqlangan holatlarni oldini olish, korrupsion holatlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni zudlik bilan Markazning tegishli boʼlimlariga taqdim etib borish boʼyicha koʼrsatmalar berildi. Ushbu mavzu, tadbir - qatnashchilari orasida qiziqish oʼygʼotib, bahs - munozara tarzida muloqot olib borildi va ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar qaytarildi.          

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 17-dek, 2022

Markazda "Xalqaro ayollarga nisbatan zoʼravonlikka barham berish kuni”ga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22 noyabrdagi 10/1-525-sonli topshirigʼi va BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan eʼlon qilingan “25 noyabr-Xalqaro ayollarga nisbatan zoʼravonlikka barham berish kuni”ga bagʼishlangan 2022 yil 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zoʼravonlikka qarshi 16 kun” turkum tadbirlarini tashkil etish borasida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan 2022 yil 6 dekabr sanasida “Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” DUKda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida” hamda “Xotin-qizlarni taʼziq va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisida”gi konventsiyani mazmun mohiyatini, huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida tadbir boʼlib oʼtdi. Tadbirga Oʼzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligidan Maʼnaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, “Davlat tili toʼgʼrisida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʼyicha Bosh direktor maslahatchisi filosofiya fanlari doktori, professor Mamadalieva Noibaxon Saydaminovna taklif qilindi. Ushbu tadbir davomida gender zoʼravonlikning koʼrinishlari, yaʼni ruhiy, jismoniy va iqtisodiy zoʼravonlik boʼyicha bilim va koʼnikmalarni mustahkamlash, ayollarni oʼz haq-huquqlari boʼyicha yetarli bilimga ega boʼlishi zarurligi yuzasidan soʼz yuritildi. Muqaddas sanalgan oilada ayolga nisbatan qilingan zoʼravonlikni yurtimiz kelajagi uchun qilingan tajovuz sifatida baholanishi lozimligi, xotin-qizlarga nisbatan munosabatni yanada yaxshilash, ularga nisbatan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlash har birimiz uchun ham farz ham qarzligi alohida taʼkidlandi.      

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 6-dek, 2022

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish