Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha seminar

Joriy yilning 7 oktyabrь sanasida Markazning majlislar zalida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan "Korrupsiyaga qarshi kurashish qonunchilik amaliyoti va xodimlarning majburiyatlari" mavzusida seminar boʼlib oʼtdi.

Mazkur seminarda Markaz rahbariyati, boshqarma va boʼlim boshliqlari, mutaxassislar, filial rahbarlari (onlayn ravishda) hamda "Oʼzagroinspeksiya"ning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʼlimi bosh inspektori Sh. Xamraevlar ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilari yigʼilganlarga korrupsiya boʼyicha asosiy tushunchalar, uning koʼrinishlari, turlari va unga qarshi kurashni tashkillashtirishda qonunchilik amaliyoti va xodimlarning majburiyatlari boʼyicha batafsil tushuntirish berishdi.

Shuningdek, seminar davomida Markaz xodimlariga ish jarayonida ehtimoliy korrupsiya boʼyicha aniqlangan holatlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni zudlik bilan Markazning kadrlar boʼlimi yoki Inspeksiyaning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʼlimiga taqdim etib borishlari toʼgʼrisida kelishib olindi.

 

photo2022-10-0715-11-38.jpg

 

photo2022-10-0715-11-37.jpg

 

photo2022-10-0715-11-09.jpg

 

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Oct 10, 2022

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish