Aloqa
Toshkent davlat agrar universitetida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda targʼib qilish maqsadida oʼquv seminari oʼtkazildi.
Tadbirda turli vazirlik, qoʼmita va agentliklar xodimlari bilan birga "Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi" DUKning 20 nafardan ortiq masʼul xodimlari qatnashdilar.
Oʼquv seminarini adliya vaziri oʼrinbosari Muzraf Ikramov Qaror ijrosini soʼzsiz taʼminlash yuzasidan vazirlik va idoralarda amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi vazifalar xususidagi maʼruzasi bilan ochib berdi. Soʼng Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari soʼzga chiqib, kasbiy madaniyat, xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqari, shuningdek tashqi koʼrinish va kiyinish uslubiga oid umumiy odob-axloq qoidalari toʼgʼrisida fikr yuritishdi. Seminar davomida savol-javoblar ham oʼtkazildi.
Markazda 595-sonli VMQ ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yil 31-oktyabrdagi 118-sonli buyruq tasdiqlangan boʼlib, Markaz va uning tarkibiy boʼlinmalarida xodimlar uchun majburiy boʼlgan idoraviy odob-axloq qoidalari, idoraviy odob-ahloq komissiyasi tarkibi, odob-ahloq borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, targʼibot va tushuntirish ishlarini faol olib borish masalalari belgilab berilgan.
Manba: www.agro.uz
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish