Markazda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʼlida olib borilayotgan ishlar yuzasidan

“Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” davlat unitar korxonasi mehnat jamoasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish hamda oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashdagi rolini kuchaytirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi PF-81-sonli, 2022yil 7 martdagi PF-87-sonli Farmonlari, 2022 yil 1 martdagi PQ-146-sonli Qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida 2022 yil 18 may kuni oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishi bayoniga asosan 2022 yil 1 avgust kuni 78-sonli buyruq bilan Markazda xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkiloti tashkil etildi. Ushbu davr mobaynida boshlangʼich tashkilot tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

1. Markaziy apparat xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkiloti joriy yilning 12-13 avgust kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Аgentligi tomonidan tashkil etilgan Yoshlar ijod saroyida vazirlik va davlat tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan yosh xotin-qizlarning malakasini oshirishga qaratilgan oʼquv seminarida faol qatnashdi va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

2. Markaziy apparat xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkiloti 2022 yil avgust oyida Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyat filiallarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning roʼyxatini shakllantirdi va viloyat filiallarida 5 nafardan koʼp boʼlgan xotin-qizlar oʼzlari uchun boshlangʼich tashkilot tuzishdi.

3. “Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” davlat unitar korxonasida faoliyat olib borayotgan kam taʼminlangan va nogiron farzand tarbiyalayotgan xotin-qizlar roʼyxatini shakllantirdi.

4. Qoraqalpogʼiston Respublikasi filialida qishloq xoʼjaligi ekinlarini ekinboplik sifat koʼrsatkichlarini aniqlash laboratoriyasi texnik laboranti Yusupova Gulmira Muratbaevna nogiron farzand tarbiyalayotganligi, hamda Аndijon viloyat filialida paxta mahsulotlarini sinovdan oʼtkazish xududiy laboratoriyasining ishlab chiqarish laboranti Matisaeva Gulmiraxon Oʼktamovna kam taʼminlangan ayol boʼlganligi uchun Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan 2 million soʼm pul bilan taqdirlandi.

 

photo2022-09-0511-55-28.jpg

 

photo2022-09-0511-54-04.jpg

 

photo2022-09-0511-53-24.jpg

 

photo2022-08-2416-33-03.jpg

 

photo2022-09-0514-14-24.jpg

 

 

 

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Sep 12, 2022

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish