Aloqa
Joriy yilning 25 avgust sanasida "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kurslarining II-2023-sonli guruhida yakuniy imtihonlar bo'lib o'tdi. Ushbu imtihonlar Markaz va "O'zagroinspeksiya"ning tajribali mutaxassislari tomonidan o'tkazilib, yakunda kurs tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslari tinglovchilari navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlarda qatnashdilar. Joriy yilning 16 avgust kuni II-2023-sonli guruhi tinglovchilari Markazning Qibray tumanida joylashgan laboratoriyada tasdiqlangan o‘quv-tematik rejaga ko‘ra, navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar. Ushbu mashg'ulotlar jarayonida Markazning malakali mutaxassislari D.Nizamov va U.Xasanov guruh tinglovchilariga qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarining ekinbopligi, GMO va havfsizligini aniqlash hamda sertifikаtlаshtirish bo'yicha ma'lumotlar berib o'tidilar.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslarida navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Markazning "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" kurslarining II-2023 guruhi joriy yilning 11 avgust sanasida "Real TEX Tashkent" MChJda, tasdiqlangan o‘quv-tematik rejaga ko‘ra amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotlarni Markazning malakali mutaxassislari O.Miraxmedov va F. Azizxo'djaeva olib bordilar. Mashg‘ulotlar jarayonida paxta tolasini qayta ishlash bo‘yicha tinglovchilarga ma’lumotlar berildi.
Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi qoshidagi “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslarida oʼquv-amaliy mashgʼulotlar boʼlib oʼtdi. Joriy yilning 9-10 avgust kunlari II-2023-sonli guruhi tinglovchilari Markazning Qibray tumanida joylashgan paxta laboratoriyasida navbatdagi oʼquv-amaliy mashgʼulotlarda ishtirok etdilar. Ushbu mashgʼulotlar jarayonida mutaxassis xodimlar tarafidan guruh tinglovchilariga laboratoriya sharoitlarida paxta mahsulotlarini sinash va sifatini aniqlash boʼyicha maʼlumotlar berib oʼtildi.
Urug‘lik maqsadlarida ekilgan g‘o‘za navlarining navdorlik darajasini aniqlash maqsadida 2023-yilda “Qishloq xo‘jaligi maxsulotlari sifatini baxolash markazi” DMning dala tajriba maydonida joriy yilda jami 224 ta, shundan urug‘ ko‘paytirish ko‘chatzori avlodidan 40 ta, elita avlodidan 80 ta va 1-avlodli urug‘lik chigit namunalaridan 104 ta ekilib, yuqori agrotexnik tadbirlar o‘tkazilib parvarish qilindi. Batafsil video rolik orqali tanishishingiz mumkin
Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi qoshidagi “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslarida oʼquv-amaliy mashgʼulotlar boʼlib oʼtdi. Joriy yilning 2-3 avgust kunlari II-2023-sonli guruhi tinglovchilari Markazning Qibray tumanida joylashgan paxta laboratoriyasida navbatdagi oʼquv-amaliy mashgʼulotlarda ishtirok etdilar. Ushbu mashgʼulotlar jarayonida mutaxassis xodimlar tarafidan guruh tinglovchilariga laboratoriya sharoitlarida paxta mahsulotlarini sinash va sifatini aniqlash boʼyicha maʼlumotlar berib oʼtildi.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish