Aloqa
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslarida o'quv-amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi. Joriy yilning 27 iyul kuni II-2023-sonli guruhi tinglovchilari Markazning Qibray tumanida joylashgan paxta laboratoriyasida navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar. Ushbu mashg'ulotlar jarayonida mutaxassis xodimlar tarafidan guruh tinglovchilariga laboratoriya sharoitlarida paxta mahsulotlarini sinash va sifatini aniqlash bo'yicha ma'lumotlar berib o'tildi.
Markaz direktorining tegishli buyrugʼiga asosan joriy yilning 17 iyul sanasidan "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kursida navbatdagi guruh oʼz faoliyatini boshladi. Ushbu oʼquv kursi jami 248 soatdan iborat boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda paxta tolasini standartlashtirish va sertifikatlashtirish, marketing asoslari, paxtani dastlabki ishlash reglamenti, yongʼin xavfsizligi kabi mavzularidan tashkil topgan.
Joriy yilning 26 iyun sanasida "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kurslarining 7 kishidan iborat I-2023-sonli guruhida yakuniy imtihonlar bo'lib o'tdi. Ushbu imtihonlar Markaz va "O'zagroinspeksiya"ning tajribali mutaxassislari tomonidan o'tkazilib, yakunda kurs tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi. Shuni qayd etish joyizki, ushu o'quv kurslarida qo'shni Tojikiston va Qozoqiston Respubliklaridan tinglovchilar qatnashdilar.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslarida navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Markazning "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" kurslarining 7 kishidan iborat I-2023 guruhi joriy yilning 16 iyun sanasida "Real TEX Tashkent" MChJda, tasdiqlangan o‘quv-tematik rejaga ko‘ra amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotlarni Markazning malakali mutaxassislari O.Miraxmedov va F. Azizxo'djaeva olib bordilar. Mashg‘ulotlar jarayonida paxta tolasini qayta ishlash bo‘yicha tinglovchilarga ma’lumotlar berildi.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslarida o'quv-amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi. Joriy yilning 1 iyun kuni I-2023-sonli guruhi tinglovchilari Markazning Qibray tumanida joylashgan paxta laboratoriyasida navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar. Ushbu mashg'ulotlar jarayonida mutaxassis xodimlar tarafidan guruh tinglovchilariga laboratoriya sharoitlarida paxta mahsulotlarini sinash va sifatini aniqlash bo'yicha ma'lumotlar berib o'tildi.
Tasdiqlangan o‘quv tematikaga asosan, paxta tozalash korxonalarning texnologik jarayonini o‘rganish va amalda tanishish uchun joriy yilning 26 may kuni I-2023-sonli guruhi tinglovchilari "Qorasuv" paxta tozalash korxonasida amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar. Shuningdek, o'quv kurslari tinglovchilariga yong'in va texnika xavfsizligi bo'yicha Markaz mutaxassislari tomonidan batafsil tushunchalar berib o'tildi.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish