Contacts
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyicha Hukumat komissiyasi yigʼilishining 2023-yil 16-fevraldagi 7-sonli bayoni hamda Markaz direktorining 2023 yil 24 martdagi 27-sonli buyrugʼiga asosan joriy yilning 7 aprel kuni Markaziy apparat va don yoʼnalishida "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish" mavzusida seminar boʼlib oʼtdi. Seminarda tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, tabiy va texnogen ofatlar boʼlganda amalga oshiriladigan zarur choralar, xususan xodimlarni ushbu xolatlarda xatti-xarakatlari, jabrlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish, oʼt oʼchirish anjomlaridan toʼgʼri foydalanish boʼyicha batafsil tushunchalar berib oʼtildi.
Xabaringiz bor, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyicha Hukumat komissiyasi yigʼilishining 2022-yil 16-fevraldagi 7-sonli bayoni hamda Markaz direktorining 2023 yil 24 martdagi 27-sonli buyrugʼiga asosan joriy yilning 30 mart kuni Markazning urugʼchilik yoʼnalishida "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish" mavzusida seminar boʼlib oʼtgandi. Ushbu mavzudagi seminar Markazning paxta yo'nalishida ham joriy yilning 4 aprel sanasida o'tkazilib, tadbirni mehnat muhofazasi boʼyicha muhandis O.Miraxmedov olib bordi. Seminarda tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, tabiy va texnogen ofatlar boʼlganda amalga oshiriladigan zarur choralar, xususan xodimlarni ushbu xolatlarda xatti-xarakatlari, jabrlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish boʼyicha batafsil tushunchalar berib oʼtildi.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyichra Hukumat komissiyasi yigʼilishining 202Z-yil 16-fevraldagi 7-sonli bayoni hamda Markaz direktorining 2023 yil 24 martdagi 27-sonli buyrugʼiga asosan joriy yilning 30 mart kuni Markazning urugʼchilik yoʼnalishida "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish" mavzusida seminar boʼlib oʼtdi. Ushbu tadbirni mehnat muhofazasi boʼyicha muhandis O.Miraxmedov olib borib, tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, tabiy va texnogen ofatlar boʼlganda amalga oshiriladigan zarur choralar, xususan xodimlarni ushbu xolatlarda xatti-xarakatlari, jabrlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish boʼyicha batafsil tushunchalar berib oʼtdi.
Ходимларнинг касбий маданияти, одоб-ахлоқи, коррупцияга муросасиз муносабатда бўлиш кайфиятини шакллантириш ҳамда Инспекция бошлиғининг тегишли топшириғи ижросини таъминлаш мақсадида, жорий йилнинг 13 март санасида Марказда "Коррупцияга қарши курашишнинг Конституциявий асослари, сиёсатнинг асосий йўналишлари” мавзуси бўйича ўқув-вебинари бўлиб ўтди. Ушбу вебинарда Марказ раҳбарияти, бўлим бошлиқлари ҳамда ҳудудий филиаллар раҳбарлари иштирок этдилар. Мазкур ўқув-вебинарини Коррупцияга қарши курашиш агентлиги масъул ходими Равшан Юлдашев олиб борди ва тадбир иштирокчиларига коррупцияга қарши курашиш соҳасидаги давлат сиёсатининг устувор йўналишлари, коррупцияга қарши курашиш соҳасида Ўзбекистоннинг халқаро индекслардаги ўрни, коррупцияга имкон берувчи сабаблар ва уларнинг олдини олиш бўйича тавсиялар, шунингдек, давлат ташкилотларидаги коррупцияга қарши курашиш ички назорат хизматларининг тутган ўрни бўйича асосий тушунчалар бўйича батафсил тушунтиришлар берилди.
"Агросаноат мажмуида хизматлар кўрсатиш маркази" давлат унитар корхонаси барча аёлларни 8 март - Ҳалқаро хотин-қизлар куни билан самимий табриклайди! Бахт, омад, фаровонлик ва бахорий кайфият доимо ҳамроҳингиз бўлсин!
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 10 февралдаги "Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосига босқичма-босқич тўлиқ ўтишни таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида"ги 61-сонли Қарорига мувофиқ, жорий йилнинг 24 феврал санасида Қишлоқ хўжалиги вазирлиги томонидан Тошкент давлат аграр университети профессор-ўқитувчиларини жалб қилган ҳолда тайёрланган видеодарслар асосида лотин ёзуви қонун-қоидалари, иш юритиш ва ҳужжатларни расмийлаштириш бўйича ўқув амалий семинарлари бўлиб ўтди. Ушбу ўқув семинарларида марказий аппарат, дон, пахта, уруғчилик йўналишлари ҳамда худудий филиаллар ходимлари иштирок этдилар.
Poll
Contacts
Contact form