Markazda korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha vebinar boʼlib oʼtdi

Xodimlarning kasbiy madaniyati, odob-axloqi, korrupsiyaga murosasiz munosabatda boʻlish kayfiyatini shakllantirish hamda Inspeksiya boshligʻining tegishli topshirigʻi ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 13 mart sanasida Markazda "Korrupsiyaga qarshi kurashishning Konstitutsiyaviy asoslari, siyosatning asosiy yoʻnalishlari” mavzusi boʻyicha oʻquv-vebinari boʻlib oʻtdi. Ushbu vebinarda Markaz rahbariyati, boʻlim boshliqlari hamda hududiy filiallar rahbarlari ishtirok etdilar.

Mazkur oʻquv-vebinarini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mas’ul xodimi Ravshan Yuldashev olib bordi va tadbir ishtirokchilariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Oʻzbekistonning xalqaro indekslardagi oʻrni, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va ularning oldini olish boʻyicha tavsiyalar, shuningdek, davlat tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat xizmatlarining tutgan oʻrni boʻyicha asosiy tushunchalar boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi.

 

5.jpg

 

4.jpg

 

2.jpg

 

6.jpg

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Mar 13, 2023

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish