Aloqa
Bugun ramziy bayramlarimizdan biri - Davlat bayrog'imiz qabul qilinganining 32- yilligi munosabati bilan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”da ushbu sanaga bag’ishlangan “Muqaddasdir Vatan bayrog’i” shiori ostida tadbir tashkil qilindi. Ushbu tadbirda Markaz rahbariyati, tarkibiy bo'linmalar boshliqlari va xodimlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida Davlat bayrog'i haqidagi asosiy tushunchalar, unga bo'lgan e'tibor, bayroqdan to'g'ri foydalanish bo'yicha qiziqarli ma'lumotlar berildi. Shuningdek, xodimlarining fikr-mulohazalari tinglanib, savollarga javoblar berildi.
O‘zbekiston Respublikasining Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Ma’naviyat va ma’rifat kengashining joriy yil 11-oktabrdagi 4-sonli bayoni 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida xodimlarning kasbiy bilimlarini oshirish bo‘yicha Vazirlik tomonidan “O‘zbek tili-milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzulari bo`yicha tayyorlangan videodarsliklar asosida joriy yilning 25-26 oktabr kunlari markaziy apparat hamda tarkibiy tarmoqlar va hududiy filiallarda “Kasbiy ma’rifat” soatlari o'tkazildi. Ushbu o'quv yig'ilishlarida ona tilimizning kelib chiqshi tarixi, mustaqillik yillarda tilimizga berilib kelinayotgan e'tibor hamda o'zbek tilining bugungi kunda xayotimizda tutgan o'rni haqida “Kasbiy ma’rifat” soatlari qatnashilari batafsil ma'lumotlar oldilar.
Joriy yilning 18 oktabr sanasida Markazning majlislar zalida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM Kasaba ushmasi qo‘mitasi raisi, Markaz rahbariyati va xodimlari, “Agrosanoat xodimlarining Toshkent shahri birlashgan Kasaba uyushmalari kengashi mas’ul xodimlari hamda Zoom platformasi orqali hududiy filiallar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishning birinchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida so‘zlagan nutqining mazmun va mohiyati to‘g‘risida professor, yuridik fanlar doktori F.A. Muxiddinova tomonidan ishtirokchilarga tushuntirishlar berib o'tdi. Kun tartibining ikkinchi masalasi - 21-oktabr O‘zbek tili bayrami yuzasidan F.A. Muxiddinova o'zbek tilining kelib chiqishi, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi roli va nufuzini tubdan oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to'xtalib o'tdi. Yig'ilish yakuniga ko'ra, Yurtimizda qurayotgan jamiyat fuqarolik jamiyatidir, unda inson huquqlari oliy qadriyat sifatida himoya qilinadi. Ishchi-xodimlarni haq-huquqlarini ta’minlash, shuningdek, xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini yanada mustahkamlash, o‘zbek tiliga e’tiborni kuchaytirish va o‘zbek tilida ish olib borilishini qat’iy ta’minlash borasida tinimsiz ish olib borish, shu borada Davlatimizni yanada obod, ko‘rkam, zamonaviy tus olishi uchun qo‘ldan keladigan barcha ishlarni amalga oshirish, ayollar orqali oilada tinchlik, xotirjamlik, barqarorlikni ta’minlashga erishish “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Markazning mutasaddi rahbar va xodimlarining asosiy vazifasi etib belgilandi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining yigʼilishida 15 oktyabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb rasman eʼlon qilingan boʼlib, bugungi kunda dunyoning koʼplab davlatlarida mazkur sana xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Respublikamizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy va ishlab chiqarishdagi ulushini oshirish, ular uchun munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijalaridan biridir. Ushbu sana arafasida joriy yilning 12 oktyabr sanasida Markazda mehnat qilayotgan va soha faoliyatiga oʼz hissasini qoʼshayotgan xotin-qizlar Markaz rahbariyati va xodimlari ishtirokida munosib taqdirlandilar.
Joriy yilning 25 sentyabr kuni Markazning majlislar zalida “O‘zagroinspeksiya” tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha 2023-yil ikkinchi yarim yilligi uchun “Yo‘l xaritasining” 11-bandiga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi vakillari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida seminar o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Markaz rahbariyati, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, mutaxassis xodimlari hamda ZOOM platformasi orqali hududiy filiallar xodimlari ishtirok etdilar. Seminar davomida ma’sul tashkilot ishtirokchilari Markaz xodimlariga bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashida amalga oshirilayotgan ishlar, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar, korrupsiya illatini yo‘qotish borasida tabdir ishtirokchilariga batafsil ma’lumot va tavsiyalar berib o‘tdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonnning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni ijrosini tashkil etish bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya”ning chora-tadbirlar rejasi 11-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16-sentyabr kuni Markazda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun ko‘xna Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida Markazda mehnat qilayotgan 40 nafardan ortiq xotin-qizlar qadimiy Samarqand shahrining tarixiy joylari, jumladan Go‘ri Amir, Shohi zinda, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Registon maydoni kabi muqaddas qadamjolari, hazrati Xizr masjidi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning qabrini ziyorat qilishdi. Bu kabi tadbirlar kelgusida ham davom etirilishi rejalashtirilmoqda.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish