Joriy yil hosilidan viloyat bo‘yicha jami 17 ming 112 tonna urug‘lik don jamg‘arilgan

Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil va sifatli mahsulot olishning asosiy negizi urug‘chilikka bog‘liq bo‘lib, urug‘ bozorini shakllantirishda urug‘larni yetishtirish, qayta ishlash hamda navdorlik va ekinboplik sifatlarini nazorat qilish alohida ahamiyat kasb etadi.

"O‘zagroinspeksiya"ning Namangan viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi”, “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUK viloyat filiali bilan hamkorlikda "Uchqo‘rg‘on urug‘lik don qabul qilish" shoxobchasida 2023 yil hosili uchun sifatli urug‘lik tayyorlash maqsadida saralash, tozalash, dorilash va qadoqlash hamda urug‘lik don tarqatish shoxobchalariga tarqatish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Anjumanda taʼkidlanganidek, joriy yil hosilidan viloyat bo‘yicha jami 17 ming 112 tonna urug‘lik don tayyorlandi. Ularni belgilangan meʼyor va standart talabalariga mos ravishda saqlash bilan birga saralash, dorilash kabi yumushlar ham boshlandi.

Viloyatdagi 5 ta urug‘lik donni qayta ishlash sexlarida tayyorgarlikning holati, zarur zaxiralarning yaratilgani seminarda keng muhokama qilindi. Ushbu jarayonda “O‘zagroinspeksiya” hamda “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUK viloyat filiali mutaxassislari tomonidan standart talablar asosida sifatli urug‘lik tayyorlash maqsadida tizimli va qatʼiy nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, urug‘lik-don tayyorlayotgan sexlarga inspeksiyaning hududiy bo‘limlari xodimlari birikitirildi va ular tomonidan davlat standarti talabi asosida urug‘lik don tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va navlar aralashmasi bo‘yicha doimiy nazorat ishlari olib boriladi.

Seminar ishtirokchilari "Uchqo‘rg‘on urug‘lik don qabul qilish" shoxobchasining mavsumga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdilar.

 

 N. Isomitdinov, “O‘zagroinspeksiya” Namangan viloyati boshqarmasi bosh inspektori

 

Manba: agroinspeksiya.uz

 

 

photo2022-07-2117-56-54-2.jpg

 

photo2022-07-2117-56-54.jpg

 

photo2022-07-2117-56-55.jpg

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Jul 21, 2022

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish