category

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish boʼyicha seminar

Joriy yilning 16 dekabr sanasida Markazda "Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish" boʼyicha yigʼilish boʼlib oʼtdi. Ushbu yigʼilishda Markaz rahbariyati, boʼlim boshliqlari, mutaxassilar va onlayn ravishda hududiy filiallar hodimlari ishtirok etdilar. Mazkur seminar yigʼilishini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi R. Yuladshev olib bordi va tadbir ishtirokchilariga korrupsiya boʼyicha asosiy tushunchalar, uning koʼrinishlari, turlari va unga qarshi kurashni tashkillashtirishga oid qonunchilik amaliyoti va xodimlarning majburiyatlari boʼyicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, seminarda Markaz tizimi ish jarayonida ehtimoliy korrupsiya boʼyicha aniqlangan holatlarni oldini olish, korrupsion holatlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni zudlik bilan Markazning tegishli boʼlimlariga taqdim etib borish boʼyicha koʼrsatmalar berildi. Ushbu mavzu, tadbir - qatnashchilari orasida qiziqish oʼygʼotib, bahs - munozara tarzida muloqot olib borildi va ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar qaytarildi.          

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Dec 17, 2022

Markazda "Xalqaro ayollarga nisbatan zoʼravonlikka barham berish kuni”ga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22 noyabrdagi 10/1-525-sonli topshirigʼi va BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan eʼlon qilingan “25 noyabr-Xalqaro ayollarga nisbatan zoʼravonlikka barham berish kuni”ga bagʼishlangan 2022 yil 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zoʼravonlikka qarshi 16 kun” turkum tadbirlarini tashkil etish borasida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan 2022 yil 6 dekabr sanasida “Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” DUKda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida” hamda “Xotin-qizlarni taʼziq va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisida”gi konventsiyani mazmun mohiyatini, huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida tadbir boʼlib oʼtdi. Tadbirga Oʼzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligidan Maʼnaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, “Davlat tili toʼgʼrisida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʼyicha Bosh direktor maslahatchisi filosofiya fanlari doktori, professor Mamadalieva Noibaxon Saydaminovna taklif qilindi. Ushbu tadbir davomida gender zoʼravonlikning koʼrinishlari, yaʼni ruhiy, jismoniy va iqtisodiy zoʼravonlik boʼyicha bilim va koʼnikmalarni mustahkamlash, ayollarni oʼz haq-huquqlari boʼyicha yetarli bilimga ega boʼlishi zarurligi yuzasidan soʼz yuritildi. Muqaddas sanalgan oilada ayolga nisbatan qilingan zoʼravonlikni yurtimiz kelajagi uchun qilingan tajovuz sifatida baholanishi lozimligi, xotin-qizlarga nisbatan munosabatni yanada yaxshilash, ularga nisbatan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlash har birimiz uchun ham farz ham qarzligi alohida taʼkidlandi.      

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Dec 6, 2022

Urugʼchilik sohasini rivojlantirishda Turkiya bilan hamkorlik

Mamlakatimizdagi Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vakolatxonasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi hamda “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” Davlat unitar korxonasining rahbar-mutaxassislari ishtirokida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda TIKA agentligi tomonidan taklif qilingan “O‘zbekistonda urug‘chilik sohasining barqаror rivojlanishiga hissa qo‘shish va malaka oshirishga qaratilgan texnikaviy hamkorlik” loyihasi bo‘yicha mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash,  urug‘larni sertifikatlash va ro‘yxatga olish jarayonlari, umumiy urug‘ savdosining rivojlanishiga imkon beruvchi marketing bozorini rivojlantirish kabi masalalar muhokama etildi. Shuningdek, O‘zbekistondagi soha sektori xodimlarini Turkiyadagi 5 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatli  taʼlim va amaliyot, malaka oshirishga jalb etish hamda texnikaviy hamkorlik loyihalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Ushbu loyiha tomonlar o‘rtasida urug‘chilik, nav sinash va sertifikatlash tizimlarini o‘rganish va takomillashtirishga xizmat qiladi. Uchrashuv mobaynida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hamkorlikdagi ishlar yuzasidan fikrlar almashildi. Xususan, ularning amalga oshirilishi fermerlarga va tadbirkorlarga, sohaga doir tashkilotlarga ko‘plab qulaylik va yengilliklarni berishi ta’kidlandi. Loyihani sifatli va to‘laqonli shakllantirish va dastlabki ishlarni amalga oshirish yuzasidan ushbu oyning oxirida ZOOM orqali ikki tomonlama rahbar va mutaxassis xodimlarni jalb etgan holda muzokaralar o‘tkazish rejalashtirildi. Shu bilan birga yaqin kelajakda Turkiyadan tegishli tashkilotlar mutaxassislarini Toshkentdagi TIKA vakolatxonasi ko‘magida O‘zbekistonga tashrifini tashkillashtirish bo‘yicha masala ko‘tarilib, agentlik tomonidan maʼqullandi. Maʼlumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 15-fevraldagi 02-336-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-fevraldagi 03/1-330-son topshirig‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasida agrosanoat sohasida strategik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish topshirig‘i ijrosini taʼminlash vazifasi qo‘yilgandi. 2022-yil fevral oyida esa, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Turkiyaning Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik vazirligi o‘rtasida “Qishloq xo‘jaligi sohasida texnik, ilmiy, iqtisodiy va mutaxassislar tajribasini almashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi Bitim imzolangandi.             Manba: www.agro.uz

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Nov 21, 2022

Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etishini taʼminlash boʼyicha oʼquv seminari boʼlib oʼtdi

Toshkent davlat agrar universitetida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda targʼib qilish maqsadida oʼquv seminari oʼtkazildi. Tadbirda turli vazirlik, qoʼmita va agentliklar xodimlari bilan birga "Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi" DUKning 20 nafardan ortiq masʼul xodimlari qatnashdilar. Oʼquv seminarini adliya vaziri oʼrinbosari Muzraf Ikramov Qaror ijrosini soʼzsiz taʼminlash yuzasidan vazirlik va idoralarda amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi vazifalar xususidagi maʼruzasi bilan ochib berdi. Soʼng Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari soʼzga chiqib, kasbiy madaniyat, xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqari, shuningdek tashqi koʼrinish va kiyinish uslubiga oid umumiy odob-axloq qoidalari toʼgʼrisida fikr yuritishdi. Seminar davomida savol-javoblar ham oʼtkazildi. Markazda 595-sonli VMQ ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yil 31-oktyabrdagi 118-sonli buyruq tasdiqlangan boʼlib, Markaz va uning tarkibiy boʼlinmalarida xodimlar uchun majburiy boʼlgan idoraviy odob-axloq qoidalari, idoraviy odob-ahloq komissiyasi tarkibi, odob-ahloq borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, targʼibot va tushuntirish ishlarini faol olib borish masalalari belgilab berilgan.         Manba: www.agro.uz

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Nov 17, 2022

Kartoshka yetishtirish va sertifikatlashtirish boʼyicha trening oʼtkazildi

2022-yilning 8-10-noyabr kunlari Toshkent shahrida urugʼlik kartoshkani yetishtirish va sertifikatlashtirish boʼyicha treninglar hamda seminarlar oʼtkazildi. Tadbirlar Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi tashkiloti (FAO) qoʼshma loyihasi doirasida tashkil yetilgan. Treninglar mavzusi “COVID-19"ga javoban kartoshkachilik sektorini tiklash va rivojlantirish” boʼlib, ularni FAOning kartoshka urugʼchiligi boʼyicha xalqaro yeksperti Mehmet Emin Chalishkan (Turkiya) olib bordi. Ushbu treninglarda jami 30 ga yaqin mutaxassislar, jumladan, "Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi" DUK mutaxassislari ishtirok etdilar. Mashgʼulotlar davomida kartoshkani koʼpaytirish va sifatli urugʼlik kartoshka ekishning afzalliklari, urugʼlik kartoshka yetishtirishga qoʼyiladigan umumiy talablar va boshqa muhim jihatlar koʼrib chiqildi. Mutaxassis ishtirokchilarga ekish uchun joy tanlash, almashlab ekish, ekishni boshqa ekinlardan izolyasiyalash, ekish zichligi kabi muhim jihatlarni hisobga olgan holda dalaga kartoshka urugʼini ekishning oʼziga xos xususiyatlarini tushuntirib berdi. Treningda suv resurslari va oʼgʼitlardan foydalanish, begona oʼtlar, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish usullarini oʼrganishga alohida eʼtibor qaratildi. "Seminardan koʼzlangan asosiy maqsad Oʼzbekistonda kartoshka yetishtirish imkoniyatlari va xavf-xatarlarini umumlashtirib tahlil qilishdan iborat. Umid qilamizki, trening va seminardan soʼng biz Oʼzbekistonda kartoshka urugʼchiligini rivojlantirish dasturini yaratish uchun qimmatli maʼlumotlarni olamiz”, — dedi FAOning kartoshka urugʼchiligi boʼyicha xalqaro eksperti Mehmet Emin Chalishkan.   Maʼlumot uchun Koronavirus pandemiyasining kartoshka yetishtirishga va mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy taʼsiriga qarshi kurashish maqsadida Oʼzbekistonda 2021-yildan buyon Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi bilan hamkorlikda FAOning “COVID-19ga javoban kartoshkachilik sektorini tiklash va rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha Oʼzbekistonda yuqori, barqaror va sifatli hosil yetishtirish orqali kartoshka sohasining mahsuldorlik salohiyatini oshirishga qaratilgan. Kartoshka navlarini roʼyxatga olish va urugʼlik sertifikati tizimini takomillashtirish, kartoshka yetishtirishni modernizatsiya qilish, kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, mahsulotlarni saqlash sharoitlarini yaxshilash boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish, shuningdek, ushbu sohada faoliyat yurituvchi fermerlar, agronomlar hamda boshqa mutaxassislarni tayyorlash boʼyicha ishlar olib borilmoqda.           Manba: www.agro.uz

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Nov 14, 2022

Zamonaviy labaratoriya sogʼlom urugʼ eksport va importini taʼminlaydi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan oʼtgan davrda amalga oshirilgan ishlar va profilaktika tadbirlari yuzasidan matbuot anjumani mobaynida yangi qurilgan zamonaviy laboratoriya haqidagi "Oʼzbekiston 24" telekanalida namoyish etilgan rolik    

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Nov 8, 2022

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish