Markazda "Xalqaro ayollarga nisbatan zoʼravonlikka barham berish kuni”ga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22 noyabrdagi 10/1-525-sonli topshirigʼi va BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan eʼlon qilingan “25 noyabr-Xalqaro ayollarga nisbatan zoʼravonlikka barham berish kuni”ga bagʼishlangan 2022 yil 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zoʼravonlikka qarshi 16 kun” turkum tadbirlarini tashkil etish borasida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan 2022 yil 6 dekabr sanasida “Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” DUKda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida” hamda “Xotin-qizlarni taʼziq va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisida”gi konventsiyani mazmun mohiyatini, huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida tadbir boʼlib oʼtdi.

Tadbirga Oʼzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligidan Maʼnaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, “Davlat tili toʼgʼrisida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʼyicha Bosh direktor maslahatchisi filosofiya fanlari doktori, professor Mamadalieva Noibaxon Saydaminovna taklif qilindi.

Ushbu tadbir davomida gender zoʼravonlikning koʼrinishlari, yaʼni ruhiy, jismoniy va iqtisodiy zoʼravonlik boʼyicha bilim va koʼnikmalarni mustahkamlash, ayollarni oʼz haq-huquqlari boʼyicha yetarli bilimga ega boʼlishi zarurligi yuzasidan soʼz yuritildi.

Muqaddas sanalgan oilada ayolga nisbatan qilingan zoʼravonlikni yurtimiz kelajagi uchun qilingan tajovuz sifatida baholanishi lozimligi, xotin-qizlarga nisbatan munosabatni yanada yaxshilash, ularga nisbatan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlash har birimiz uchun ham farz ham qarzligi alohida taʼkidlandi.

 

photo2022-12-0614-34-46.jpg

 

photo2022-12-0614-34-48.jpg

 

photo2022-12-0614-38-35.jpg

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Dec 6, 2022

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish