Aloqa
Joriy yilning 12-15 avgust kunlari Markazning Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyati hududiy filiallrida ma’naviy-ma’rifiy ishlar namunali yo‘lga qo‘yilganligi bo'yicha o'rganish o'tkazildi.
Ushbu o‘rganishdan asosiy maqsad, O‘zagroinspeksiyaning 2024-yil 29-yanvardagi 02/4-4-209-sonli topshirig‘ida ko‘rsatilgan “O‘zagroinspeksiya” ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2024-yil 17-yanvardagi “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish, soha bo‘yicha ushbu yo‘nalishdagi faoliyat natijadorligini tubdan oshirish.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi, hamda bartaraf etish choralari ko‘rildi.
O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi tizimidagi vaziyatni baholash doirasida FAO ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda FAO mintaqaviy buyurosining vakillaridan biri janob Orjon Djodji boshchiligidagi xalqaro ekspertlar guruhi "O‘zagroinspeksiya" huzuridagi "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi“ davlat muassasasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida, xalqaro ekspertlar Markazda joylashgan laboratoriyalar majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shu bilan birga, xalqaro ekspertlarga "O‘zagroinspeksiya"ning agrar va oziq-ovqat xavfsizligi tizimidagi o‘rni hamda mahsulotlarni sifatini baholash va sertifikatlashtirish faoliyatiga doir jarayonlar yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi.
Uchrashuv tomonlar o‘rtasida savol-javob tarzida tashkil etilib, xalqaro ekspertlarning savollariga "O‘zagroinspeksiya" mutaxassislari tomonidan atroflicha javob va tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv yakunida, xalqaro ekspertlar "O‘zagroinspeksiya"ning agrar va oziq-ovqat xavfsizligi tizimida olib borayotgan ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi va xalqaro darajada amalga oshirilayotganligini ta’kidladi, shuningdek, O‘zbekistonda urug‘chilik xo‘jaliklariga yetkazib berilayotgan urug‘liklarning sifatiga katta e’tibor qaratilayotganiga yo‘naltirilgan ishlarni alohida e’tirof etdi.
Uchrashuv tomonlar o‘rtasida samimiy va ko‘tarinki ruhda kechdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev va FAO bosh direktori Syuy Dun’yuy bilan o‘tgan rasmiy uchrashuvda O‘zbekiston va FAO o‘rtasidagi 2030 yilgacha bo‘lgan yangi hamkorlik dasturiga uchta yo‘nalish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni kiritish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.
Ular:
- qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, jumladan, tuproqni tartibga solish, urug‘larni saqlash va tanlash;
- qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, jumladan, «Qo‘lni qo‘lga» tashabbusi doirasida ma’lumotlardan foydalanish va «1000 ta raqamli qishloq» tashabbusini amalga oshirish;
- yangi samarali moliyaviy vositalarni joriy etish.
"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati
"Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi“ DMning Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan dala tajriba maydonida 2024-yil 5-8 avgust kunlari o'tadigan “G’o’za maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish, hamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi” bo‘yicha o‘quv kurslari doirasida, bugun 6 avgust kuni dala tajriba maydonida “G‘o‘zaning navdorligini aniqlash bo‘yicha seminar-treningi” tashkil qilindi.
Ushbu seminarda Markazning ko'p yillik tajribaga ega xodimlari qatorida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar, korxonalar va ilmiy tadqiqot institutlari mutaxassis xodimlari ishtirok etdilar.
Joriy yilning 31-iyul kuni "O‘zagroinspeksiya" huzuridagi "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasining markaziy urug‘chilik laboratoriyasiga Germaniya Federativ Respublikasining GIZ xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi dastur boshqaruvchisi Beate Schoreit boshchiligidagi bir qator vakillar tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda, o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash va tajriba almashish maqsadida, ikki tomon o‘rtasida mutaxassislarni almashinuvi yo‘lga qo‘yish borasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.
Joriy yilning 18 iyul kuni "O‘zagroinspeksiya" qoshidagi "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash" davlat muassasasining markaziy urug‘chilik laboratoriyasiga Turkiya davlatining O‘zbekistondagi elchixonasining Qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi janob Burhan Demirok tashrif buyurdi.
Tashrif davomida, Burhan Demirok Markaz faoliyati, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarining ekinbopligi, GMO va xavfsizligini aniqlash, paxta tolasi va momig‘ini sinovdan o‘tkazish hamda don va don mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Joriy yilning 5-iyul sanasida "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kurslarining I-2024-sonli guruhida yakuniy imtihonlar bo'lib o'tdi. Ushbu imtihonlar Markazning tajribali mutaxassislari tomonidan o'tkazilib, yakunda kurs tinglovchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish