Aloqa
Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning tarixiy xotirasi, buguni, kelajagi, orzu-umidlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir.
Davlatimiz gerbi 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqdangan.
Gerbimiz davlatimizning siyosiy, milliy, xo‘jalik, jug‘rofiy, etnik va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan.
Unda tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa milliy boyligimiz paxta chanoqlari qiyg‘os ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarakka o‘ralganligi hamda gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turishi aks ettirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini tashkil etish hamda 30-iyun “Yoshlar kuni”ni munosib nishonlash maqsadida joriy yilning 28-iyun kuni Markazda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” hamda “Sog‘lom turmush – buyuk kelajak” shiori ostida sport musobaqasi tashkil etildi. Ushbu tadbirda faol ishtirok etgan xodimlar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kursi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Bugungi kunda 1-2024 sonli o‘quv kursida 4 kishidan iborat tinglovchilar tahsil olmoqda. Ushbu kurs tinglovchilari uchun tasdiqlangan o‘quv tematikaga asosan, to‘qimachilik korxonalarning texnologik jarayoni o‘rganish va amalda tanishish o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari kiritilgan. Shunga ko‘ra, joriy yilning 26 iyun kuni "REALTEKS Tashkent" MChJda Markazning tajribali mutaxassisi O. Miraxmedov boshchiligida amaliy mashgʼulotlar boʼlib oʼtdi.
Joriy yilining 8-may sanasida «Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi, Oʼzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʼzbekiston Respublikasi paxta toʼqimachilik klasterlari uyushmasi, Oʼzyogʼmoysanoat uyushmasi, "Paxtasanoat Ilmiy Markazi" АJ , "Real agro cotton" UK va "APK BO'KA" UK korxonalaridan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan Paxta texnik chigit tashqi koʼrinish standart namunasi O'zDSt 596:2014 “Texnik chigit. Texnik shartlar” standarti talablari asosida tayyorlangan asosiy tashqi koʼrinish standart namunalari muddati tugaganligi sababli, yangi ichshi guruh tomonidan qayta koʼrib chiqilib, taklif va eʼtirozlarni inobatga olinib, keyingi 3 yil muddatga uzaytirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 25-apreldagi “Urug‘lik don olish uchun ekilgan g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 115-sonli buyrug‘ining 6-bandida g'alla maydonlarida aprobatsiya ko'rigini o'tkazish bo'yicha respublikaning ko'rgazmali o'quv-seminarini tashkil qilish topshirig‘i berilgan.
Vazirlar Mahkamasining qarori va Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida joriy yilning 3 – 8 may kunlari “Urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi” bo‘yicha shartnoma asosida o‘quv kursi tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kursida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari amaldagi normativ- huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan o‘quv- tematik dasturlarga muvofiq mashg‘ulotlar amalga oshirildi.
O‘quv kursida mashg‘ulotlar ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan o‘tkazilib, kurs yakuni bilan tinglovchilarga maxsus guvohnamalar taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 25-apreldagi “Urug‘lik don olish uchun ekilgan g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 115-sonli buyrug‘ining 6-bandida g'alla maydonlarida aprobatsiya ko'rigini o'tkazish bo'yicha respublikaning ko'rgazmali o'quv-seminarini tashkil qilish topshirig‘i berilgan.
Vazirlar Mahkamasining qarori va Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida joriy yilning 3 may sanasidan “Urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi” bo‘yicha shartnoma asosida o‘quv kursi tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kursida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari amaldagi normativ - huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar hamda xalqaro me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan o‘quv- tematik dasturlarga muvofiq mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
O‘quv kursida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan o‘tkazilib, kurs yakuni bilan tinglovchilarga maxsus guvohnomalar taqdim etiladi.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish