category

Yangiliklar

Markazda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʼlida olib borilayotgan ishlar yuzasidan

“Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” davlat unitar korxonasi mehnat jamoasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish hamda oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashdagi rolini kuchaytirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi PF-81-sonli, 2022yil 7 martdagi PF-87-sonli Farmonlari, 2022 yil 1 martdagi PQ-146-sonli Qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida 2022 yil 18 may kuni oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishi bayoniga asosan 2022 yil 1 avgust kuni 78-sonli buyruq bilan Markazda xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkiloti tashkil etildi. Ushbu davr mobaynida boshlangʼich tashkilot tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi: 1. Markaziy apparat xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkiloti joriy yilning 12-13 avgust kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Аgentligi tomonidan tashkil etilgan Yoshlar ijod saroyida vazirlik va davlat tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan yosh xotin-qizlarning malakasini oshirishga qaratilgan oʼquv seminarida faol qatnashdi va sertifikatlar bilan taqdirlandi. 2. Markaziy apparat xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkiloti 2022 yil avgust oyida Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyat filiallarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning roʼyxatini shakllantirdi va viloyat filiallarida 5 nafardan koʼp boʼlgan xotin-qizlar oʼzlari uchun boshlangʼich tashkilot tuzishdi. 3. “Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” davlat unitar korxonasida faoliyat olib borayotgan kam taʼminlangan va nogiron farzand tarbiyalayotgan xotin-qizlar roʼyxatini shakllantirdi. 4. Qoraqalpogʼiston Respublikasi filialida qishloq xoʼjaligi ekinlarini ekinboplik sifat koʼrsatkichlarini aniqlash laboratoriyasi texnik laboranti Yusupova Gulmira Muratbaevna nogiron farzand tarbiyalayotganligi, hamda Аndijon viloyat filialida paxta mahsulotlarini sinovdan oʼtkazish xududiy laboratoriyasining ishlab chiqarish laboranti Matisaeva Gulmiraxon Oʼktamovna kam taʼminlangan ayol boʼlganligi uchun Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan 2 million soʼm pul bilan taqdirlandi.                

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Sep 12, 2022

Mustaqilligimizning 31 yilligi muborak boʼlsin aziz Vatandoshlar!

"Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi" davlat unitar korxonasi barchangizni eng ulugʼ va eng aziz bayramimiz boʼlgan - Vatanimiz Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etadi. Sizlarga mustahkam sogʼliq, oilaviy baxt, tinchlik-totuvlik, koʼtarinki kayfiyat hamisha hamroxingiz boʼlishini tilab qoladi.  

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Sep 1, 2022

BMTning oziq ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) xalqaro eksperti bilan uchrashuv tashkil etildi

Bugungi kunda, Birlashgan millatlar tashkiloti oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi (FAO) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda “СOVID-19 ga javoban kartoshkachilik sohasini tiklash va rivojlantirish” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Ushbu loyiha ilg‘or tajribalar asosida barqaror kartoshka yetishtirish tizimini rivojlantirish, koronavirus pandemiyasining kartoshka tarmog‘iga salbiy taʼsirining oldini olish, kartoshka navlarini ro‘yxatga olish va urug‘lik kartoshkasini sertifikatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Shu maqsadda, loyiha doirasida 2022 yilning 22 avgustidan 26 avgustiga qadar FAO ning kartoshka bo‘yicha xalqaro eksperti janob Mehmet Emin Chalishkan O‘zbekistonda bo‘lib, manfaatdor tomonlar bilan uchrashuv o‘tkazish, shuningdek, Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi nav sinov maydonchalariga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan Bugun 23 avgust kuni, “O‘zagroinspeksiya” huzuridagi "Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi" davlat unitar korxonasida  FAO xalqaro ekspertini Respublika hududlarida urug‘lik kartoshkani sertifikatlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida “O‘zagroinspeksiya” masʼul xodimlari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda Agroinspeksiyaning Ko‘chatlar, meva-sabzavot va poliz qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazort qilish bo‘limi boshlig‘i X. Maxmudov va Markazning markaziy laboratoriya mudiri U. Xasanovlar ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat tomonidan urug‘lik kartoshka yetishtirish hajmini yildan yilga ko‘paytirish borasida qabul qilinayotgan qarorlar, shuningdek, kartoshka urug‘chiligini rivojlantirishda xususiy sektorning roli, bugunda urug‘lik kartoshkani sertifikatlash, saqlash va realizatsiya qilinishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etdilar. Markaziy Osiyoda kartoshka isteʼmoli aholi jon boshiga yillik 52,6 kg ni tashkil etadi, shuning uchun,  unga nisbatan "ikkinchi non" iborasi qo‘llaniladi.  Qolaversa, kartoshka oziq-ovqat xavfsizligi, to‘yimliligi va daromad olish uchun eng katta salohiyatga ega asosiy ekin turi hisoblanadi. Mamlakatimizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida 150 dan oshiq kartoshka navlari yetishtiriladi. Umumiy maydoni 130 ming gektar bo‘lgan hududlarda hozirda o‘rtacha hosildorlik gektariga taxminan 22 tonna, yiliga jami hosil taxminan 2,9 mln tonnani tashkil etadi. 1,8 million tonna kartoshka ichki isteʼmol uchun ishlatiladi, 700 ming tonna hosil tabiiy va texnik vositalar tufayli yo‘qotilsa, 450 ming tonnasi urug‘lik fondi zaxirasiga jo‘natiladi, 130 ming tonnasi esa xo‘jaliklarda saqlanadi. Bundan tashqari, har yili aholi isteʼmoli uchun O‘zbekistonga taxminan, 250 ming tonna kartoshka Rossiya, Qozog‘iston, Pokiston va Belarus kabi davlatlardan import qilinadi. Uchrashuv so‘ngida Birlashgan millatlar tashkiloti oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ning xalqaro eksperti janob M. Chalishkan kartoshka yetishtirishda jahon tajribasi bilan o‘rtoqlashib, o‘zini qiziqtirgan bir qator savollarga Agroinspeksiya vakillaridan javoblar oldi.     Manba: "O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Aug 23, 2022

Davlat fuqarolik xizmatchisining ijtimoiy himoyasi haqida rolik

 

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Aug 19, 2022

"Аxborot texnologiyalari asoslari" onlayn kurslarida "Oʼzagroinspeksiya" xodimlari oʼz malakalarini oshirmoqdalar

"Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” davlat unitar korxonasi taʼlim xizmatlarini koʼrsatish uchun Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan berilgan KMO 0301-sonli litsenziya va 030171-sonli tasdiqnomaga asosan, joriy yilning 4 avgust sanasidan "Аxborot texnologiyalari asoslari" ZOOM platformasi orqali onlayn kurslarida "Oʼzagroinspeksiya"ning jami 229 ta xodimlari oʼz malaka va koʼnikmalarini oshirib kelmoqdalar. Ushbu oʼquv kurslari Markazning “Mutaxassislar tayyorlash oʼquv kurslari” tomonidan tashkillashtirilgan boʼlib, jami 30 soatlik nazariy va amaliy mashgʼulotlardan iboratdir.    

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Aug 12, 2022

Mehnat muhofazasi va birinchi yordamni koʼrsatishda tibbiy ashyolardan foydalanish boʼyicha oʼquv seminari boʼlib oʼtdi

BIRINChI YoRDАM — baxtsiz hodisalar roʼy berganda, kishi shikastlanganda yoki toʼsatdan kasal boʼlib qolganda uning hayotini saklab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi uchun koʼrsatiladigan tez va oddiy tadbirlar majmui; tibbiy xodim yetib kelguncha yoki ularni kasalxonaga olib borguncha amalga oshiriladi.  Shunday vaziyatlarda ish joyida toʼgʼri harakat qilish, tibbiyot ashyolari va dorilardan toʼgʼri foydalanish maqsadida joriy yilning 29 iyulь sanasida Markazning urugʼchilik yoʼnalishida mehnat muhofazasi va birinchi yordamni koʼrsatishda tibbiy ashyolardan foydalanish boʼyicha oʼquv seminari boʼlib oʼtdi. Seminarda xodimlar mehnat faoliyati davomida baxtsiz hodisalarni oldini olish, inson hayotiga xavf solganda, jaroxat olganda yoki kasal boʼlganda birinchi tibbiy yordamni koʼrsatish, jixozlar va dorilardan toʼgʼri foydalanish boʼyicha Markazning mehnat muhofazasi boʼyicha muhandisi O. Miraxmedov tomonidan seminar ishtrokchilariga batafsil maʼlumotlar berib oʼtildi.  

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Jul 29, 2022

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish