Aloqa
Joriy yilning 26 iyun sanasida "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kurslarining 7 kishidan iborat I-2023-sonli guruhida yakuniy imtihonlar bo'lib o'tdi. Ushbu imtihonlar Markaz va "O'zagroinspeksiya"ning tajribali mutaxassislari tomonidan o'tkazilib, yakunda kurs tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi. Shuni qayd etish joyizki, ushu o'quv kurslarida qo'shni Tojikiston va Qozoqiston Respubliklaridan tinglovchilar qatnashdilar.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslarida navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.
Markazning "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" kurslarining 7 kishidan iborat I-2023 guruhi joriy yilning 16 iyun sanasida "Real TEX Tashkent" MChJda, tasdiqlangan o‘quv-tematik rejaga ko‘ra amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotlarni Markazning malakali mutaxassislari O.Miraxmedov va F. Azizxo'djaeva olib bordilar. Mashg‘ulotlar jarayonida paxta tolasini qayta ishlash bo‘yicha tinglovchilarga ma’lumotlar berildi.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslarida o'quv-amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 1 iyun kuni I-2023-sonli guruhi tinglovchilari Markazning Qibray tumanida joylashgan paxta laboratoriyasida navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar. Ushbu mashg'ulotlar jarayonida mutaxassis xodimlar tarafidan guruh tinglovchilariga laboratoriya sharoitlarida paxta mahsulotlarini sinash va sifatini aniqlash bo'yicha ma'lumotlar berib o'tildi.
Tasdiqlangan o‘quv tematikaga asosan, paxta tozalash korxonalarning texnologik jarayonini o‘rganish va amalda tanishish uchun joriy yilning 26 may kuni I-2023-sonli guruhi tinglovchilari "Qorasuv" paxta tozalash korxonasida amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar.
Shuningdek, o'quv kurslari tinglovchilariga yong'in va texnika xavfsizligi bo'yicha Markaz mutaxassislari tomonidan batafsil tushunchalar berib o'tildi.
Markaz direktorining tegishli buyrugʼiga asosan 22 maydan "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kursida navbatdagi guruh oʼz faoliyatini boshladi. Ushbu oʼquv kursi jami 248 soatdan iborat boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda paxta tolasini standartlashtirish va sertifikatlashtirish, marketing asoslari, paxtani dastlabki ishlash reglamenti, yongʼin xavfsizligi kabi mavzularidan tashkil topgan.
Joriy yilning 17 may kuni Markazning Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan urug‘chilik yo‘nalishidagi dala tajriba maydonida boshoqli don ekinlarining navdorligini baholash yuzasidan nav nazorati tashkil etildi.
Markazda bunday sinovlar respublikada davlat ehtiyoji uchun yetishtiriladigan boshoqli don urug‘lari nav namunalarining genetik (nav) sifati (navdorligi)ni baholash bo‘yicha doimiy o‘tkazilib boriladi.
Nav nazorati ilmiy-tadqiqot institutlari, urug‘lik yetishtiruvchi xo‘jaliklar va xorijda yetishtirilib (import qilingan) Respublika hududida ekish uchun tavsiya etilgan, Davlat reyestriga kiritilgan qishloq xo‘jalik ekinlari va istiqbolli boshoqli don ekinlari navlarining dorilanib tayyorlangan urug‘lik to‘dalaridan tanlab olinib, nav namunalarini ekib o‘rganish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda.
Navlarning genetik (nav) sifati (navdorligi) ko‘rsatkichlarini aniqlash malakali mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti va Hukumatning tegishli qaror talablari asosida olib boriladi.
Hozirgi kunda, Markazning 3 gektarlik dala tajriba maydonida “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalari, elita urug‘chilik xo‘jaliklari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida ekish uchun tayyorlangan urug‘lik bug‘doylarning 50 ta navlari bo‘yicha 3 ta avlodidan jami 330 ta nav namunalari, yaʼni ko‘paytirish ko‘chatzori avlodidan 44 ta, original (superelita) avlodidan 176 ta va elita avlodidan 110 ta nav namunalari ekilib parvarish qilinmoqda. (18 ta xorijiy nav va 32 ta mahalliy navlar ekilgan)
Bunday nav sinovlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad, qonun, hukumat qarorlari va qonunosti normativ hujjatlar ijrosi taʼminlash bo‘lsa, ikkinchidan, respublikada davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan urug‘liklarning genetik (nav) sifatini taʼminlash, nav aralashmalari yuqori bo‘lgan maydonlaridan urug‘lik don olinishini oldini olish, navdorlikning buzilib ketishi, yaʼni nav aralashishini oldini olish, don sifatini yaxshilab borish hamda urug‘lik don yetishtiruvchi subyektlarga navdorlik sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan urug‘liklar yetkazib berishdan iboratdir.
“O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish