category

Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyicha seminar boʼlib oʼtdi

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyichra Hukumat komissiyasi yigʼilishining 202Z-yil 16-fevraldagi 7-sonli bayoni hamda Markaz direktorining 2023 yil 24 martdagi 27-sonli buyrugʼiga asosan joriy yilning 30 mart kuni Markazning urugʼchilik yoʼnalishida "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish" mavzusida seminar boʼlib oʼtdi.  Ushbu tadbirni mehnat muhofazasi boʼyicha muhandis O.Miraxmedov olib borib, tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, tabiy va texnogen ofatlar boʼlganda amalga oshiriladigan zarur choralar, xususan xodimlarni ushbu xolatlarda xatti-xarakatlari, jabrlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish boʼyicha batafsil tushunchalar berib oʼtdi.    

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Mar 30, 2023

Markazda korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha vebinar boʼlib oʼtdi

Xodimlarning kasbiy madaniyati, odob-axloqi, korrupsiyaga murosasiz munosabatda boʻlish kayfiyatini shakllantirish hamda Inspeksiya boshligʻining tegishli topshirigʻi ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 13 mart sanasida Markazda "Korrupsiyaga qarshi kurashishning Konstitutsiyaviy asoslari, siyosatning asosiy yoʻnalishlari” mavzusi boʻyicha oʻquv-vebinari boʻlib oʻtdi. Ushbu vebinarda Markaz rahbariyati, boʻlim boshliqlari hamda hududiy filiallar rahbarlari ishtirok etdilar. Mazkur oʻquv-vebinarini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mas’ul xodimi Ravshan Yuldashev olib bordi va tadbir ishtirokchilariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Oʻzbekistonning xalqaro indekslardagi oʻrni, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va ularning oldini olish boʻyicha tavsiyalar, shuningdek, davlat tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat xizmatlarining tutgan oʻrni boʻyicha asosiy tushunchalar boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi.        

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Mar 13, 2023

Bayramingiz muborak, aziz ayollar!

"Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi" davlat unitar korxonasi barcha ayollarni 8 mart - Halqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaydi! Baxt, omad, farovonlik va baxoriy kayfiyat doimo hamrohingiz boʼlsin!  

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Mar 8, 2023

Markazda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 61-sonli Qaroriga muvofiq, joriy yilning 24 fevral sanasida Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan Toshkent davlat аgrаr universiteti professor-o'qituvchilarini jalb qilgan holda tayyorlangan videodarslar asosida lotin yozuvi qonun-qoidalari, ish yuritish va hujjatlarni rasmiylashtirish bo'yicha o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Tashkil etilgan mashg'ulotlarda markaziy apparat, don, paxta, urug'chilik yo'nalishlari hamda xududiy filiallar xodimlari ishtirok etdilar. Ushbu darslar orqali xodimlarning o‘zbek adabiy tili me‘yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, shuningdek, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarini boyitish maqsad qilingan. Bundan tashqari, nutq madaniyati va notiqlik mahorati, yozma va og‘zaki nutq borasidagi savodxonligini oshirish nazarda tutilgan.                    

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Feb 24, 2023

21 fevral Xalqaro ona tili kuni

YuNESKO tashkiloti tomonidan 21 fevral – Xalqaro ona tili kuni deb eʼlon qilingan. Mazkur sana 2001 yildan buyon xalqaro miqyosda nishonlanib kelinmoqda. Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning oʼz milliy tafakkuri, maʼnaviyati, ruhiyatining oʼzagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi oʼz aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning oʼz Vatani va oʼz tiliga boʼlgan muhabbati, unga boʼlgan ehtiromi, qadrlash tuygʼulari yangilanadi. Shu munosabat bilan 21 fevral sanasida Markazning majlislar zalida Markaz xodimlari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi. Tadbirda oʼzbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi nufuzi va maqomini oshirishga qaratilgan islohotlar, xususan, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tarixiy ahamiyatga molik saʼy-harakatlar alohida eʼtirof etildi. Ona tilimizning qadr-qimmatini yuksaltirish, unga hurmat va ehtirom koʼrsatish yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi, oʼz tilini asragan millatning istiqboli farovon boʼlishi taʼkidlandi.          

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Feb 21, 2023

Markazda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan seminar boʼlib oʼtdi

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) qoldirgan bebaho ilmiy-ijodiy meros nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida oʼringa ega. Bugun 14 fevral sanasida jahon tarixida oʼchmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri, buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlanmoqda.Shu munosabat bilan Markazda rahbarlar, bo'lim boshliqlari va mutaxassis xodimlar ishtirokida buyuk vatandoshimiz xayoti, uning betakror ijodi xaqida so'z yuritilib, Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga taa'luqli g'azal va sherlardan Markaz xodimlari ijrosida tinglandi.  

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Feb 14, 2023

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish