Aloqa
2024-yil paxta mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, Qoraqolpog‘iston Respublikasi va viloyat hududiy filiallari mas’ul mutaxassislarini bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida joriy yilning 9-10 sentabr kunlari O’z DSt ISO/IEC 17065:2015 “Muvofiqlikni baxolash mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish organlariga umumiy talablar” standart talablarini to‘g‘ri bajarilishi hamda “AGROSERT.UZ” milliy ma’lumotlar bazasida hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari bo‘yicha o‘quv seminar-treningi”ni tashkil qilindi.
Ushbu seminarni ko’p yillik tajribaga ega mutaxassis xodimlar olib bordilar.
“O’zagroinspeksiya” vakillari, Qishloq xo‘jaligi vaziligi mas’ullari va Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining O'simlik sanoati bosh boshqarmasi Urug‘chilik bo'limi boshlig‘i Fatih Ahmet boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Samimiy ruhda boshlangan muloqotda “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni vazirlik huzuridagi “O‘zagroinspeksiya”da tashkil qilish masalasi muhokama qilindi.
Binobarin, urug‘chilik bo‘yicha amaldagi qonun va qonunosti normativ hujjatlarni Turkiya tajribasi asosida maqbullashtirish, soha mutaxassislarini malakasini oshirish, tajriba almashish yuzasidan “Yo‘l xarita” ishlab chiqish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida kelgusida amalga oshirilgan va kelgusida qilishini lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2024-yil 29-martdagi 169-sonli qarorining 13-ilovasiga asosan, yuridik va jismoniy shaxslardan donli ekinlar urug‘larini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash bo‘yicha urug‘lik donlarning namunalari 2024-yil 10-sentyabrga qadar qabul qilinishi belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat yurituvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslardan ekish uchun tozalanib saralanib dorilangan urug‘lik don partiyalarining ko‘paytirish ko‘chatzori, original va elita avlodli urug‘liklari navlarining xar bir partiyasidan 3 kilogrammdan dalolatnoma asosida namunalar qabul qilinishini e’lon qilamiz.
Bizning manzilimiz: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur MFY, Bobur ko‘chasi 1-uy. Telefon +998 (97) 705-33-97
Avgust oyining so‘ngi kunlari "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" DMda sohaga oid xalqaro aloqalarni mustahkamlash va "O‘zagroinspeksiya"ning oziq-ovqat xavfsizligi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida kelgan mutaxassislar tashrifi bilan boy bo‘ldi.
Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sh.Umarov hamda Turkiya Respublikasi Turizm va madaniyat vazirligi huzuridagi Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari – Ali Riza Tezcan boshchiligidagi vakillardan iborat delegatsiya Markazga tashrif buyurdi.
“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining Mutaxassislar tayyorlash o‘quv bo‘limi tomonidan, agrosanoat sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni malakasini hamda bilim ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida mutaxassislarni soha bo’yicha malaka va tajribasi oshirilib, ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan KMO 0301-sonli litsenziya va 030171-sonli tasdiqnomaga asosan “Paxta tolasini klassifikasiyalash, sertifikatlash va marketingi” kursining 2-2024-sonli guruhida 22-iyuldan 30- avgustgacha o’quv-amaliy darslari bo’lib o’tdi.
“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasi tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi 2024-yil uchun tuzilgan ish-rejasi tegishli bandlari ijrosi ta’minlash maqsadida joriy yilning 12-15 avgust kunlari Markazning Buxoro, Navoiy Samarqand viloyati filiallarida “Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchilarga huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik choralari muqarrarligi to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, davlat xizmatlarini ko'rsatganlik uchun vujudga kelgan debitor qarzdorliklarni undirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ko'zdan kechirildi va ushbu debitor qarzdorliklarni undirish bo'yicha kerakli choralar belgilab olindi.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish