Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish boʼyicha seminar

Joriy yilning 16 dekabr sanasida Markazda "Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish" boʼyicha yigʼilish boʼlib oʼtdi. Ushbu yigʼilishda Markaz rahbariyati, boʼlim boshliqlari, mutaxassilar va onlayn ravishda hududiy filiallar hodimlari ishtirok etdilar.

Mazkur seminar yigʼilishini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi R. Yuladshev olib bordi va tadbir ishtirokchilariga korrupsiya boʼyicha asosiy tushunchalar, uning koʼrinishlari, turlari va unga qarshi kurashni tashkillashtirishga oid qonunchilik amaliyoti va xodimlarning majburiyatlari boʼyicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, seminarda Markaz tizimi ish jarayonida ehtimoliy korrupsiya boʼyicha aniqlangan holatlarni oldini olish, korrupsion holatlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni zudlik bilan Markazning tegishli boʼlimlariga taqdim etib borish boʼyicha koʼrsatmalar berildi.

Ushbu mavzu, tadbir - qatnashchilari orasida qiziqish oʼygʼotib, bahs - munozara tarzida muloqot olib borildi va ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar qaytarildi.

 

photo2022-12-1611-04-31.jpg

 

photo2022-12-1611-04-33.jpg

 

photo2022-12-1611-13-53.jpg

 

photo2022-12-1611-31-51.jpg

 

photo2022-12-1611-12-39.jpg

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Dec 17, 2022

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish