category

Yangiliklar

Urug‘lik g‘alla maydonlaridadala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo'yicha o'quv kurslari yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 25-apreldagi “Urug‘lik don olish uchun ekilgan g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 115-sonli buyrug‘ining 6-bandida g'alla maydonlarida aprobatsiya ko'rigini o'tkazish bo'yicha respublikaning ko'rgazmali o'quv-seminarini tashkil qilish topshirig‘i berilgan. Vazirlar Mahkamasining qarori va Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida joriy yilning 3 – 8 may kunlari “Urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi” bo‘yicha shartnoma asosida o‘quv kursi tashkil etildi. Mazkur o‘quv kursida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari amaldagi normativ- huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan o‘quv- tematik dasturlarga muvofiq mashg‘ulotlar amalga oshirildi. O‘quv kursida mashg‘ulotlar ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan o‘tkazilib, kurs yakuni bilan tinglovchilarga maxsus guvohnamalar taqdim etildi.    

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on May 8, 2024

“Urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi” bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 25-apreldagi “Urug‘lik don olish uchun ekilgan g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 115-sonli buyrug‘ining 6-bandida g'alla maydonlarida aprobatsiya ko'rigini o'tkazish bo'yicha respublikaning ko'rgazmali o'quv-seminarini tashkil qilish topshirig‘i berilgan. Vazirlar Mahkamasining qarori va Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida joriy yilning 3 may sanasidan “Urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi” bo‘yicha shartnoma asosida o‘quv kursi tashkil etildi. Mazkur o‘quv kursida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari amaldagi normativ - huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar hamda xalqaro me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan o‘quv- tematik dasturlarga muvofiq mashg‘ulotlar olib borilmoqda. O‘quv kursida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan o‘tkazilib, kurs yakuni bilan tinglovchilarga maxsus guvohnomalar taqdim etiladi.  

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on May 4, 2024

Markazning Xorazm viloyati filialida yangi laboratoriya barpo etildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-fevral – 1-mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar asosida “Oʼzagroinspeksiya” qoshidagi “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining Xorazm viloyati Urganch shahri Yogʼdu koʼchasi 2-uyda joylashgan Xorazm viloyat filialida “Qishloq xoʼjaligi ekinlari urugʼlari sifatini baholash laboratoriyasi” tashkil etildi va joriy yilning 25-aprel kuni ushbu laboratoriyaning ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Laboratoriya 7 ta xonadan iborat boʼlib, barcha xonalar SanPiN qoidalari boʼyicha barpo etilgan, xonalarga yoritish moslamalari yetarli darajada toʼliq oʼrnatilib, xonalarga toza ichimlik suvi va kanalizatsiya tortilgan, zamonaviy laboratoriya mebelь (shkaf, stol, stul, tumba) bilan jihozlangan. Shu bilan birga urugʼchilik laboratoriyalarini modernizatsiya qilish dasturi doirasida yangi laboratoriya uchun 200 ming АQSh dollari miqdoridagi  30 turdagi 80 ta oʼlchov vositalari va sinov qurilmalari bilan toʼliq taʼminlandi hamda laboratoriyaga oʼlchov vositalari va sinov qurilmalari toʼliq oʼrnatilib, kalibrlashdan oʼtkazildi, kalibrlash sertifikatlari olindi va ishchi holatga keltirildi. - laboratoriya xodimlarining kimyoviy sinovlar bilan ishlashda xavfsizligini taʼminlash maqsadida mahsus kiyimlar va moslamalar bilan taʼminlandilar. Ushbu yangi laboratoriya akkreditatsiyalangan Markaziy urugʼchilik laboratoriyasining negizida filial sifatida barpo qilingan boʼlib, qishloq xoʼjaligi ekinlari urugʼlarining ekinboplik sifat koʼrsatkichlarini aniqlash boʼyicha sinovlarni amalga oshirish va xulosa berish maqomiga ega faoliyatni olib boradi. Shu bilan birga, ushbu laboratoriyani individual laboratoriya sifatida faoliyat koʼrsatishi uchun belgilangan tartibda O`z DSt ISO/IES 17025:2019 davlat standarti talablari boʼyicha akkreditatsiyadan oʼtkazish maqsadida “Oʼzbekiston akkreditatsiya markazi” DUKga yangi laboratoriyaga tegishli barcha hujjatlar toʼplamini ekspertizadan oʼtkazish va akkreditatsiya qilish maqsadida arizalar taqdim qilingan.  Mazkur yangi barpo qilingan laboratoriyani rasmiy ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimligi, soha idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Yangi tashkil etilgan laboratoriya ishga tushirilishi bilan Xorazm viloyatida mahalliy urugʼchilik va tadbirkorlik subʼektlari tomonidan yetishtirilgan, tayyorlangan hamda xorijdan import qilinadigan urugʼliklarni ekinboplik sifat koʼrsatkichlarini aniqlash ishlarining viloyatning oʼzida amalga oshirilishi hamda sinov jarayonlarining tezkorligi va ish samaradorligining ortishiga erishiladi.        

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Apr 25, 2024

Markazning Kasaba uyushmasi qo‘mitasi mehnat muhofazasi bo‘yicha “Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi” nominatsiyasida 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi

xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish” yuzasidan “Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigienasiga ta’siri shiori ostida Respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi”da «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining Kasaba uyushmasi qo‘mitasi mehnat muhofazasi bo‘yicha “Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi” nominatsiyasida 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Shu munosabat bilan joriy yilning 23 aprel kuni o‘tkazilgan g‘oliblarni taqdirlash marosimida Markazning Kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi Atabaev Maxamedjan Zakirovich va Mehnat muhofazasi muhandisi Miraxmedov Otabek Amanovichlar qatnashdilar.  

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Apr 24, 2024

Markaz faoliyatini raqamlashtirish maqsadida, yangi axborot tizimi ishga tushirildi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi faoliyatini raqamlashtirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda  inson omilini kamaytirish, ortiqcha ovoragarchiliklar va korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida, “agrosert.uz” domeni ostida onlayn platforma ishga tushirildi.  Ushbu tizim orqali qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar hamda paxta mahsulotlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha xizmatlarni onlayn ravishda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.  Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun onlayn tarzda arizalar qabul qilinadi. Foydalanuvchilarga qo‘lay bo‘lishi uchun tizimga elektron raqamli imzo (ERI) orqali kirish yo‘lga qo‘yilgan.  Bugungi kunda “agrosert.uz” axborot tizimini yanada takomillshtirish maqsadida, boshqa davlat tashkilotlarining tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda.    

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Mar 26, 2024

Markazda «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida hashar o‘tkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishiga koʻra, Respublikada “Navruz” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, sogʻlom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targʻib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2024-yil 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla - yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 16-mart kuni markaziy apparat hamda laboratoriya xodimlari tomonidan Markaz hududi va bino atrofi, ichki hududlari tartibga keltirildi, ariqlar, ko‘chalar va yo‘laklar tozalandi hamda dov-daraxtlarni butalash va bo‘yash ishlari amalga oshirildi.            

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Mar 16, 2024

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish