Aloqa
Avval xabar berganimizdek, Turkiyaning “Tohumluk Tescil ve Sertifikasyon Merkez Müdürlüğü" tashkilotining mutaxassislari - Bülent Özturk va Selma Kurt tomonidan joriy yilning 25-noyabrdan 2-dekabrgacha xalqaro ISTA qoidalari bo’yicha rejalashtirilgan o’quv-treningini o’tkazilmoqda.
Bugun 26-noyabr kuni ushbu o’quv-treningi davom ettirilib, ISO/IEC 17025 standarti «Yozuvlar - nazorat tartib-qoidasi, ichki audit tartib – qoidasi, tuzatish tadbirlari tartib – taomili, profilaktika harakatlari protsedurasi tamoyillari» bo’yicha nazariy mashg’ulotlar bo’lib o’tdi.
Shuningdek, amaliy mashg’ulotlar doirasida Bülent Özturk va Selma Kurt tomonidan Markaziy urug’chilik laboratoriyasida bug‘doy, arpa, paxta, sabzavot va dukkakli ekinlarda diagnostika mezonlari hamda urug‘lik tahlillari yuzasidan mutaxassis hodimlarga batafsil ma’lumot berib o’tildi.
Joriy yilning 25-noyabr sanasida Markazning urug‘chilik laboratoriyasini xalqaro ISTА qoidalari asosida akkreditatsiyaga tayyorlash va xalqaro ISTА qoidalari asosida o‘quv-treninglar o‘tkazish bo‘yicha Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tohumluk Tescil ve Sertifikasyon Merkez Müdürlüğü” tashkilotining mutaxassislari (Bulent Ozturk va Selma Kurt) tomonidan rejalashtirilgan o’quv-treningiga start berildi.
Ushbu o’quv-treningda Markaz rahbariyati, sertifikatlashtirish organi va laboratoriya boshliqlari, mutaxassis xodimlar ishtirok etmoqdalar.
“Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi barcha vatandashlarni O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33-yilligi bilan chin qalbdan tabriklaydi.
Bugun, mamlakatimiz uchun muhim kun! 1991 yilda ushbu erk, tinchlik bayrog‘ida har bir yurtdoshimizning orzu-maqsadlari, ona yurtiga bo‘lgan muhabbati aks etdi.
Ushbu sana munosabati bilan xalqimizning barqarorlik va taraqqiyotga bo‘lgan ishonchi yanada mustahkamlandi. U dunyo sahnalarida ko‘tarilgan sari yurtdoshlarimizning orzu-maqsadlari ham yuksalaverdi!
Tinchligimizning aziz va muqaddas ramzini hamisha qadrlab yuraylik! Vatanimiz tinch, xalqimiz birdam, ertamiz esa ravnaq topaversin!
Mangu hilpirab tur, VATAN bayrog‘i!!!
“Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi hamda viloyat filiallarida “O'zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan joriy yilning 21-oktabr kuni onlayn tarzda test sinovlari tashkillashtirildi.
Test sinovlarida har bir ishtirokchi uchun 25 tadan test savollari berildi va javoblarni belgilash uchun 30 daqiqa vaqt ajratildi. Har bir to'g'ri javob uchun 4 ball berildi.
Ushbu test sinovlarida 57 nafar xodimlar qatnashdilar. Eng yuqori ball olgan xodimlar pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik O.S.Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti xodimlari bilan birgalikda O‘zbekiston va Belarus respublikalarida еtishtirilayotgan boshoqli ekinlar maydonlarida uchraydigan Eurygaster va Aelia turkumidagi (klop-cherepashka) qalqondor qandalarning feromonli kommunikatsiyasini o‘rganish FL-7923051811 ilmiy loyiha amalga oshirish bo‘yicha Markazning tajriba maydonlari ko‘zdan kechirildi. Kelgusida boshoqli donlarni vegetatsiya davrida feromonlarni sinash va hamkorlikda ilmiy ishlarni amalga oshirish rejalashtirildi.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish