Aloqa
Xabaringiz bor, kuni kecha «O‘zagroinspeksiya» faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni ochish loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonga Turkiya delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Ushbu delegatsiya tarkibida Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining O‘simlik sanoati bosh boshqarmasi Urug‘chilik bo‘limi boshlig‘i Fatih Ahmet YENTUR boshchiligida vazirlikning Yevropa Ittifoqi Tashqi aloqalar bosh boshqarmasi muhandisi Mustafa UZ, TTSM - Urug‘larni sinash va sertifikatlashtirish markazi direksiyasi muhandisi Bulent O‘ZTURK, ECOSA - Iqtisodiy hamkorlik Mamlakatlar urug‘chiligi assotsiatsiyasi bosh kotibi Muhteshem TORUN va TSÜAB - Urug‘chilik sanoatchilar va ishlab chiqaruvchilari quyi Ittifoqi qishloq xo‘jaligi muhandisi Ali GUMUSHlar tashrif buyurishdi. Ularga Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha attashesi Burhan Demirok janoblari hamrohlik qildi.
Tashrif davomida mehmonlar «O‘zagroinspeksiya» va uning qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida bo‘lishib, Inspeksiyaning urug‘chilik sohasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda joriy yil 5 - 6 iyun kunlari ikki mamlakat Rahbarlari uchrashuvida ochilishi rejalashtirilgan “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni «O‘zagroinspeksiya»da tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Shuningdek, Turkiya delegatsiyasi tomonidan rejalashtirilgan “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni xalqaro ISTA qoidalari asosida tashkil qilish taklifi bildirildi. Bunda, ushbu tashkil qilinadigan markazda Xalqaro ISTA talablari asosida sabzavot, poliz ekinlari urug‘lariga ISTA sertifikatlarini berish faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Uchrashuvda, tomonlar o‘rtasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikrlar almashinib, «O‘zagroinspeksiya»da “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni tashkil qilish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.
Tashrif tafsilotlari batafsil yoritib boriladi
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish