Aloqa
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish Markazi rahbariyati, "O‘zagroinspeksiya", "Qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasi vakillari va Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining O‘simlikshunoslik bosh boshqarmasi Urug‘chilik bo‘limi boshlig‘i Fatih Ahmet boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Delegatsiya aʼzolari Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirilib, urug‘chilik bo‘yicha amaldagi qonun va qonunosti normativ hujjatlar, soha mutaxassislarini malakasini oshirish, tajriba almashish kabi masalalarni ko‘rib chiqdilar. Ikki tomon vakillari “Agroinspeksiya”da “O‘zbek-Turk” urug‘chiligi test markazi tashkil topishidan mamnuniyat bildirdi.
Shundan so‘ng mehmonlar Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida faoliyat yuritayotgan “Agrover” MCHJ kompaniyasiga tashrif buyurishdi.
Maʼlumot uchun: “Agrover” MCHJ – kartoshka klasterining markazi bo‘lib, u o‘zida korxona va mutaxassislarni birlashtiradi, uning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va eng muhim strategik madaniyati bo‘lgan kartoshkani amalga oshirishdir.
Tashrif davomida Turkiyalik mutaxassislar Davlat va xususiy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatilganlik darajasi bilan yaqindan tanishishdi.
Agrar va oziq-ovqat xavfsizligi tizimidagi xususiy sektorni o‘rni hamda mahsulotlarni sifatini baholash va sertifikatlashtirish faoliyatiga doir jarayonlar yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi.
Uchrashuv tomonlar o‘rtasida savol-javob tarzida tashkil etilib, xalqaro ekspertlarning savollariga "O‘zagroinspeksiya" hamda “Agrover” MCHJ mutaxassislari tomonidan atroflicha javob va tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv yakunida, Turkiyaning soha vakillari “Agrover” MCHJda olib borilayotgan ishlar hamda davlat sektori bilan hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi va xalqaro darajada amalga oshirilayotganligini taʼkidladi.
Uchrashuv tomonlar o‘rtasida samimiy va ko‘tarinki ruhda kechdi.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish