Aloqa
“O’zagroinspeksiya” vakillari, Qishloq xo‘jaligi vaziligi mas’ullari va Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining O'simlik sanoati bosh boshqarmasi Urug‘chilik bo'limi boshlig‘i Fatih Ahmet boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Samimiy ruhda boshlangan muloqotda “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni vazirlik huzuridagi “O‘zagroinspeksiya”da tashkil qilish masalasi muhokama qilindi.
Binobarin, urug‘chilik bo‘yicha amaldagi qonun va qonunosti normativ hujjatlarni Turkiya tajribasi asosida maqbullashtirish, soha mutaxassislarini malakasini oshirish, tajriba almashish yuzasidan “Yo‘l xarita” ishlab chiqish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida kelgusida amalga oshirilgan va kelgusida qilishini lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish