category

Yangiliklar

18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun

“Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi barcha vatandashlarni O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33-yilligi bilan chin qalbdan tabriklaydi.  

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Nov 18, 2024

Bayrog'imiz - g'ururimiz, orimiz!

  Bugun, mamlakatimiz uchun muhim kun! 1991 yilda ushbu erk, tinchlik bayrog‘ida har bir yurtdoshimizning orzu-maqsadlari, ona yurtiga bo‘lgan muhabbati aks etdi. Ushbu sana munosabati bilan xalqimizning barqarorlik va taraqqiyotga bo‘lgan ishonchi yanada mustahkamlandi. U dunyo sahnalarida ko‘tarilgan sari yurtdoshlarimizning orzu-maqsadlari ham yuksalaverdi! Tinchligimizning aziz va muqaddas ramzini hamisha qadrlab yuraylik! Vatanimiz tinch, xalqimiz birdam, ertamiz esa ravnaq topaversin!  Mangu hilpirab tur, VATAN bayrog‘i!!!    

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Nov 18, 2024

21- oktabr “O'zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan test sinovlari tashkillashtirildi

“Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi hamda viloyat filiallarida “O'zbek tili bayrami" kuni munosabati  bilan joriy yilning 21-oktabr kuni onlayn tarzda test sinovlari tashkillashtirildi.  Test sinovlarida har bir ishtirokchi uchun 25 tadan test savollari berildi va javoblarni belgilash uchun 30 daqiqa vaqt ajratildi. Har bir to'g'ri javob uchun 4 ball berildi.  Ushbu test sinovlarida 57 nafar xodimlar qatnashdilar. Eng yuqori ball olgan xodimlar pul mukofoti bilan taqdirlandilar.            

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Oct 22, 2024

O‘zbekiston va Belarus respublikasi olimlari hamda Markaz mutaxassislari tomonidan Eurygaster va Aelia turkumidagi (klop-cherepashka) qalqondor qandalarning feromon tutg'ichlarini ishlab chiqish ilmiy loyihasini amalga oshirish bo'yicha

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik O.S.Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti xodimlari bilan birgalikda O‘zbekiston va Belarus respublikalarida еtishtirilayotgan  boshoqli ekinlar maydonlarida uchraydigan Eurygaster va Aelia turkumidagi (klop-cherepashka) qalqondor qandalarning feromonli kommunikatsiyasini o‘rganish FL-7923051811 ilmiy loyiha amalga oshirish bo‘yicha Markazning tajriba maydonlari ko‘zdan kechirildi. Kelgusida boshoqli donlarni vegetatsiya davrida feromonlarni sinash va hamkorlikda ilmiy ishlarni amalga oshirish rejalashtirildi.         

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Sep 26, 2024

Diqqat e’lon!

“O‘zagroinspeksiya” qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi maxsulotlari sifatini baholash markazi” DM markaz balansidagi jismonan va texnik jixatdan eskirgan asosiy vositalarni: ofis texnikalari, laboratoriya jixozlari, kompyuterlar, printerlar, xo‘jalik mollari, invertarlar va boshqalarni utilizatsiya qilish va texnik xulosalar berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga mas’ul tashkilotlardan tijorat takliflarini qabul qilishini e’lon qiladi.    

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Sep 19, 2024

Turkiya Respublikasi delegatsiyasi tashrifi natijalari

Habaringiz bor Turkiya Respublikasidan “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni ochish loyihasini amalga oshirish maqsadida kelgan delegatsiya bir hafta davomida O‘zbekistonda bo’ldi.  Bir guruh mutaxassislar bilan «O‘zagroinspeksiya» qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi bilan hamkorlik masalalari ijobiy muhokama qilindi va bu yerda tez orada tashkil etiladigan Markazda Xalqaro ISTA tashkiloti talablari asosida sabzavot va poliz ekinlari urig’lariga ISTA sertifikatlarini berish faoliyati yo’lga qo’yiladi. Turkiya Respublikasi delegatsiyasi tashrifi natijalari yuzasidan lavha  

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Sep 16, 2024

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish