category

News

Teatr - tarbiya maskani

Markaz xodimlarning ishdan keyingi vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari, madaniy xordiq olishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida, 2023-yil 14-dekabr kuni oila a'zolari bilan birgalikda O‘zbek milliy akademik drama teatrida namoyish etilgan “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy drama spektakliga tashrif uyushtirildi.                

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 15-dek, 2023

Markazning paxta yoʼnalishi tomonidan koʼrsatilgan xizmalar toʼgʼrisida

Markazning paxtachilik yoʼnalishi tomonidan pahta mahsulotlarini sifat koʼrsatkichlarini aniqlash, sertifikatlashtirish boʼyicha quyidagi xizmatlar koʼrsatiladi. Sertifikatlashtirish ishlari boʼyicha Buyurtmachilarning sertifikatlashtirish yuzasidan bergan arizalariga asosan, 2023 yilning 11 oyida jami Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyat filiallari tomonidan jami 205 864 tonna paxta tolasi sifat, 25 344 tonna paxta momigʼi, 647 251 tonna texnik chigit sertifikatlandi. Bundan tashqari, Respublika yogʼ-moy korxonalarida tashkil etilgan chigit sinov laboratoriyalaridagi YaMR-analizatorlari yordamida 199 083 tonna texnik chigit yogʼdorligi aniqlanib, belgilangan tartibda sinov bayonnomalari rasmiylashtirilib berildi.   Qoʼshimcha ishlar boʼyicha Bugungi kunga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi xuzuridagi “Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi” qoshidagi “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sifatini baxolash markazi” davlat muassasi standart namunalar tayyorlash boʼlimi tomonidan Respublika paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqariladigan paxta mahsulotlarini nav va sinf koʼrsatkichlarini organaliptik usulda aniqlash uchun tashqi koʼrinish standart namunalari tayyorlash va yetkazib berish ishlari amalga oshirilmoqda. Standart namunalar tayyorlash boʼlimi tomonidan 2023 yilning 11 oyida 30 ta komplekt paxta tolasi, 10 ta komplekt paxta momigʼi, 98 ta komplekt texnik chigit va 2 ta komplekt toʼshakbob momiqlarning tashqi koʼrinish standart namunalari laboratoriyalariga yetkazib berildi. Bundan tashkari Paxta-toʼqmachilik klasterlari va xorijiy korxonalarning murojatlariga asosan 2 ta komplekt paxta tolasi hamda 6 ta komplekt texnik chigit tashqi koʼrinish standart namunalari tayyorlab berildi.      

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 13-dek, 2023

"Yashil Makon" umummilliy loyihasi doirasida xududiy filiallarda ham ko'chat ekish tadbirlari bo'lib o'tdi

“Yashil Makon” umummilliy loyihasi hamda 25-oktabrdan 1-dekabrga qadar mamlakatimizda “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilinganligi doirasida ekologik vaziyatni yaxshilash, daraxt-ko’chat ekish, qarovsiz qolgan daraxtlarni saqlash va parvarish qilish, shuningdek ularning mahsuldorligini oshirish maqsadida, Markazning hududiy filiallarida daraxt ko’chatlarini ekish ishlari olib borildi. Ushbu tadbirda viloyat filiallari boshliqlari xamda mutaxassislar faol ishtirok etib, mevali va manzarali daraxt ko’chatlarini ekdilar. Shuningdek, viloyat filiallari tasarrufidagi yеrlarda mavjud daraxtlarni parvarishlash borasida daraxtlarning singan shox-shabbalarini kesish, butalash va to’kilgan barglarni yig’ishtirib olish ishlari amalga oshirildi.              

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 4-dek, 2023

Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi murosasizlikni shakllantirishga qaratilgan seminarda Markaz xodimlari ishtirok etdilar

Joriy yilning 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida, O‘zbekiston “Adolat” Sotsial Demokratik  partiyasidan rais o‘rinbosari A. Raxmonov, Mafkuraviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i F.Ziyayev va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi R.Yo‘ldoshev qatorida Markaz rahbariyati, boshqarma va bo'lim boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etdilar. Tadbirni Inspeksiya boshlig‘i A.Vaxabov ochib berib, - bugungi kunda korrupsiya butun dunyo kurashayotgan va hal etilishi lozim bo‘lgan muammolardan biri ekanligi va ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy to‘siqligi haqida so‘z yuritdi.   Shundan so‘ng, tadbir ekspertlari - Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ijrosiga bag‘ishlangan Yangi O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, aholining keng qatlami, ayniqsa yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini mustahkamlash, faol fuqaroviy pozitsiyasini oshirish to‘g‘risida davra suhbatlarini olib bordilar. Yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq  javob oldilar.         

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 1-dek, 2023

"Yashil Makon" umummilliy loyihasi doirasida Markazda ko'chat ekish tadbirlari bo'lib o'tmoqda

“Yashil Makon” umummilliy loyihasi hamda 25-oktabrdan 1-dekabrga qadar mamlakatimizda “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilinganligi doirasida ekologik vaziyatni yaxshilash, daraxt-ko’chat ekish, qarovsiz qolgan daraxtlarni saqlash va parvarish qilish, shuningdek ularning mahsuldorligini oshirish maqsadida, joriy yilning 27-noyabr kuni Markazning Qibray tumanida joylashgan hududida daraxt ko’chatlarini ekish ishlari olib borildi. Ushbu tadbirda Markaz rahbariyati, bo’lim boshliqlari xamda mutaxassislar faol ishtirok etib, mevali va manzarali daraxt ko’chatlarini ekdilar. Shuningdek, Markaz tasarrufidagi еrlarda mavjud daraxtlarni parvarishlash borasida daraxtlarning singan shox-shabbalarini kesish, butalash va to’kilgan barglarni yig’ishtirib olish ishlari amalga oshirildi.                

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 28-noy, 2023

Markaz rahbariyati Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida tashkil qilingan anjumanida ishtirok etdilar

O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida O'zbekiston-Koreya o'quv-amaliy to'qimachilik texnoparkida 2023-yil 28-nоуаbr kuni "Soha kоrхоnаlаri uchun yuqоri malakali kаdrlаr tayyorlashda dual ta'limning о'rni hamda fаn, ta'lim, ishlab chiqarish klаstеrlаrini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar" mavzusida хаlqаrо ilmiy-amaliy anjumani o'tkaziladi. Ushbu tadbirda Markaz direktori J.Karimov va direktorning birinchi o'rinbosari S.Sadullayevlar ishtirok etdilar. Xаlqаrо ilmiy-amaliy anjuman davomida “Qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi hamda Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.           

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 28-noy, 2023

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form