Aloqa
Bugungi kunda, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasida "O‘zagroinspeksiya" qoshidagi “Qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi tomonidan Respublikamizda mahalliy yetishtiriladigan va xorijdan kirib keladigan urug‘liklarni tezkor va yuqori aniqlikda ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan hududiy laboratoriya yangidan barpo etildi. Bugun ushbu maskanning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining boshlig‘i Farxod Ermanov hamda bir qator soha rahbarlari ishtirok etishdi.
Jahon banki tomonidan ajratilgan 4 mln AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘lar hisobiga laboratoriya eng so‘nggi zamonaviy uskunalar bilan jihozlanib, modernizatsiya qilindi va natijada o‘tkaziladigan sinovlarda ish samaradorligi va tezkorligi oshishiga hamda inson omilini keskin kamayishiga olib keldi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Paxta-to‘qimachilik klasterlari va urug‘lik bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda urug‘liklarni yetishtirish, jamg‘arish, saqlash, qayta ishlash va ekish uchun realizatsiya qilish jarayonlarida urug‘liklarni sifatini taʼminlashga hamda sifati past urug‘liklarni ekilib ketishining oldi olinmoqda.
Bugungi kunda, mazkur Laboratoriya tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikadagi mavjud Paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan paxta mahsulotlari, yaʼni paxta tolasi, paxta momig‘i va paxta texnik chigitini sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, texnik chigitning yog‘dorlik ko‘rsatkichini aniqlash, ularga hujjatlar rasmiylashtirish hamda ishlab chiqarilayotgan paxta toylari vaznini o‘lchash ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlarini zamonaviy HVI tizimida aniqlash jarayonida birgina tolaning 14 ta sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish