Aloqa
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining mutaxassislar tayyorlash o‘quv kurslari tomonidan, agrosanoat sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va korxona rahbar hodimlarini malakasini hamda bilim ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida maxsus o‘quv kurslari tashkil etilgan.
Ushbu o‘quv kurslarida ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan KMO 0301-sonli litsenziya, 030171-sonli tasdiqnoma va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida ta’lim berish bo‘yicha quyidagi yo’nalishlar bo’yicha xizmatlar ko‘rsatilmoqda:
- Paxta tolasini va paxta mahsulotlarini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketingi;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida g‘alla qabul qilish va g‘allani qayta ishlash korxonalarida don va don mahsulotlarini qabul qilish tartiblari;
- Urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;
- HVI tizimini texnik ko‘rigidan o‘tkazish (HVI texniklari uchun);
- Axborot-kommunikatsiya tarmog‘i mutaxassislarini qayta tayyorlash;
- Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini boshqarish.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan joriy yilning mart oyida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha o‘qitish va malakasini oshirish uchun Markazning rahbar va mutaxassislar malaka oshirishida va maxsus sertifikatlar olishda o'quv kurslari tomonidan tashkiliy ishlar amalga oshirildi.
Joriy yilda jami 17 nafar tinglovchi "Paxta tolasini va paxta mahsulotlarini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketingi" kursida o’z malakalarini oshirdi.
Shundan 5 nafar tinglovchi Markaz va xududiy filiallar mutaxassislari, 4 nafar tinglovchi qo‘shni davlatlardan (Tojikiston va Qozog‘iston), 8 nafar tinglovchi esa paxta-to‘qimachilik klaster mutaxassislari bo‘lib, mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, yakunda belgilangan namunadagi xalqaro darajadagi sertifikatlar taqdim etildi.
Xisobot davrida jami 35 mln so‘m va 5,4 ming AQSh dollari miqdoridagi xizmatlar o‘quv kurslari tomonidan ko’rsatildi.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish