Aloqa
“Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi hamda viloyat filiallarida “O'zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan joriy yilning 21-oktabr kuni onlayn tarzda test sinovlari tashkillashtirildi.
Test sinovlarida har bir ishtirokchi uchun 25 tadan test savollari berildi va javoblarni belgilash uchun 30 daqiqa vaqt ajratildi. Har bir to'g'ri javob uchun 4 ball berildi.
Ushbu test sinovlarida 57 nafar xodimlar qatnashdilar. Eng yuqori ball olgan xodimlar pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik O.S.Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti xodimlari bilan birgalikda O‘zbekiston va Belarus respublikalarida еtishtirilayotgan boshoqli ekinlar maydonlarida uchraydigan Eurygaster va Aelia turkumidagi (klop-cherepashka) qalqondor qandalarning feromonli kommunikatsiyasini o‘rganish FL-7923051811 ilmiy loyiha amalga oshirish bo‘yicha Markazning tajriba maydonlari ko‘zdan kechirildi. Kelgusida boshoqli donlarni vegetatsiya davrida feromonlarni sinash va hamkorlikda ilmiy ishlarni amalga oshirish rejalashtirildi.
“O‘zagroinspeksiya” qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi maxsulotlari sifatini baholash markazi” DM markaz balansidagi jismonan va texnik jixatdan eskirgan asosiy vositalarni: ofis texnikalari, laboratoriya jixozlari, kompyuterlar, printerlar, xo‘jalik mollari, invertarlar va boshqalarni utilizatsiya qilish va texnik xulosalar berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga mas’ul tashkilotlardan tijorat takliflarini qabul qilishini e’lon qiladi.
Habaringiz bor Turkiya Respublikasidan “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni ochish loyihasini amalga oshirish maqsadida kelgan delegatsiya bir hafta davomida O‘zbekistonda bo’ldi.
Bir guruh mutaxassislar bilan «O‘zagroinspeksiya» qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi bilan hamkorlik masalalari ijobiy muhokama qilindi va bu yerda tez orada tashkil etiladigan Markazda Xalqaro ISTA tashkiloti talablari asosida sabzavot va poliz ekinlari urig’lariga ISTA sertifikatlarini berish faoliyati yo’lga qo’yiladi.
Turkiya Respublikasi delegatsiyasi tashrifi natijalari yuzasidan lavha
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish Markazi rahbariyati, "O‘zagroinspeksiya", "Qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasi vakillari va Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining O‘simlikshunoslik bosh boshqarmasi Urug‘chilik bo‘limi boshlig‘i Fatih Ahmet boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Delegatsiya aʼzolari Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirilib, urug‘chilik bo‘yicha amaldagi qonun va qonunosti normativ hujjatlar, soha mutaxassislarini malakasini oshirish, tajriba almashish kabi masalalarni ko‘rib chiqdilar. Ikki tomon vakillari “Agroinspeksiya”da “O‘zbek-Turk” urug‘chiligi test markazi tashkil topishidan mamnuniyat bildirdi.
Shundan so‘ng mehmonlar Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida faoliyat yuritayotgan “Agrover” MCHJ kompaniyasiga tashrif buyurishdi.
Maʼlumot uchun: “Agrover” MCHJ – kartoshka klasterining markazi bo‘lib, u o‘zida korxona va mutaxassislarni birlashtiradi, uning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va eng muhim strategik madaniyati bo‘lgan kartoshkani amalga oshirishdir.
Tashrif davomida Turkiyalik mutaxassislar Davlat va xususiy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatilganlik darajasi bilan yaqindan tanishishdi.
Agrar va oziq-ovqat xavfsizligi tizimidagi xususiy sektorni o‘rni hamda mahsulotlarni sifatini baholash va sertifikatlashtirish faoliyatiga doir jarayonlar yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi.
Uchrashuv tomonlar o‘rtasida savol-javob tarzida tashkil etilib, xalqaro ekspertlarning savollariga "O‘zagroinspeksiya" hamda “Agrover” MCHJ mutaxassislari tomonidan atroflicha javob va tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv yakunida, Turkiyaning soha vakillari “Agrover” MCHJda olib borilayotgan ishlar hamda davlat sektori bilan hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi va xalqaro darajada amalga oshirilayotganligini taʼkidladi.
Uchrashuv tomonlar o‘rtasida samimiy va ko‘tarinki ruhda kechdi.
Xabaringiz bor, kuni kecha «O‘zagroinspeksiya» faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni ochish loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonga Turkiya delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Ushbu delegatsiya tarkibida Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining O‘simlik sanoati bosh boshqarmasi Urug‘chilik bo‘limi boshlig‘i Fatih Ahmet YENTUR boshchiligida vazirlikning Yevropa Ittifoqi Tashqi aloqalar bosh boshqarmasi muhandisi Mustafa UZ, TTSM - Urug‘larni sinash va sertifikatlashtirish markazi direksiyasi muhandisi Bulent O‘ZTURK, ECOSA - Iqtisodiy hamkorlik Mamlakatlar urug‘chiligi assotsiatsiyasi bosh kotibi Muhteshem TORUN va TSÜAB - Urug‘chilik sanoatchilar va ishlab chiqaruvchilari quyi Ittifoqi qishloq xo‘jaligi muhandisi Ali GUMUSHlar tashrif buyurishdi. Ularga Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha attashesi Burhan Demirok janoblari hamrohlik qildi.
Tashrif davomida mehmonlar «O‘zagroinspeksiya» va uning qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida bo‘lishib, Inspeksiyaning urug‘chilik sohasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda joriy yil 5 - 6 iyun kunlari ikki mamlakat Rahbarlari uchrashuvida ochilishi rejalashtirilgan “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni «O‘zagroinspeksiya»da tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Shuningdek, Turkiya delegatsiyasi tomonidan rejalashtirilgan “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni xalqaro ISTA qoidalari asosida tashkil qilish taklifi bildirildi. Bunda, ushbu tashkil qilinadigan markazda Xalqaro ISTA talablari asosida sabzavot, poliz ekinlari urug‘lariga ISTA sertifikatlarini berish faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Uchrashuvda, tomonlar o‘rtasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikrlar almashinib, «O‘zagroinspeksiya»da “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni tashkil qilish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.
Tashrif tafsilotlari batafsil yoritib boriladi
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish