Paxtachilikda urug‘chilik tizimi rivojlantirish muhim masala

Joriy yilning 20-yanvar kuni Qishloq xoʼjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS)da Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi “Paxtachilikda urugʼchilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 391 - sonli qarorining ijrosiga qaratilgan davra suhbati boʼlib oʼtdi.

Unda soha olimlari, agroklasterlar vakillari, fermerlar, xususiy urugʼchilik kompaniya vakillari va mutaxasislar qatorida "Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" direktori J.Karimov ishtirok etdi.

Suhbat davomida, mazkur qarorda keltirilgan bandlar ijrosini taʼminlash, bu borada sohada olib borilayotgan islohotlar, yuqori hosildor xorijiy gʼoʼza navlari va duragaylarini mamlakatimizga olib kirish hamda paxta-toʼqimachilik klasterlari va fermer xoʼjaliklari tasarrufidagi paxta ekiladigan maydonlarga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Oʼz navbatida, xorijdan yuqori hosildor xorijiy gʼoʼza navlari va duragaylarini olib kirish hamda parvarishlashda har bir navga xos boʼlgan yuqori samarador agrotexnologiyalarni qoʼllash, paxta-toʼqimachilik klasterlari va fermer xoʼjaliklari tomonidan gʼoʼza navlarini joylashtirishda kafolatlangan urugʼ taʼminotiga muvofiq erkinlik berilishi masalalari eʼtibor qaratish lozimligini qayd etildi.

Shuningdek, qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi. Mazkur vazifalarning samarali amalga oshirilishi, shubhasiz, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va zamonaviy taraqqiyotning yangi qirralarini oʼzlashtirishga xizmat qiladi.

 

photo2024-01-2114-00-13.jpg

 

photo2024-01-2114-01-04.jpg

 

photo2024-01-2114-01-56.jpg

 

photo2024-01-2114-00-22.jpg

 

Manba: agro.uz

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Jan 21, 2024

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish