category

News

Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kurslarining navbatdagi guruhi ochildi

Markaz direktorining tegishli buyrugʼiga asosan joriy yilning 17 iyul sanasidan "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kursida navbatdagi guruh oʼz faoliyatini boshladi. Ushbu oʼquv kursi jami 248 soatdan iborat boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda paxta tolasini standartlashtirish va sertifikatlashtirish, marketing asoslari, paxtani dastlabki ishlash reglamenti, yongʼin xavfsizligi kabi mavzularidan tashkil topgan.    

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Jul 17, 2023

Markazning "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kurslarining I-2023 guruhida yakuniy imtihonlar bo'lib o'tdi

Joriy yilning 26 iyun sanasida "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kurslarining 7 kishidan iborat  I-2023-sonli guruhida yakuniy imtihonlar bo'lib o'tdi.  Ushbu imtihonlar Markaz va "O'zagroinspeksiya"ning tajribali mutaxassislari tomonidan o'tkazilib, yakunda kurs tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi. Shuni qayd etish joyizki, ushu o'quv kurslarida qo'shni Tojikiston va Qozoqiston Respubliklaridan tinglovchilar qatnashdilar.          

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Jun 27, 2023

"Real Tex" МЧЖда навбатдаги амалий машғулотлар бўлиб ўтди

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslarida navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Markazning "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing"  kurslarining 7 kishidan iborat I-2023 guruhi joriy yilning 16 iyun sanasida "Real TEX Tashkent" MChJda, tasdiqlangan o‘quv-tematik rejaga ko‘ra amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotlarni Markazning malakali mutaxassislari O.Miraxmedov va F. Azizxo'djaeva olib bordilar.Mashg‘ulotlar jarayonida paxta tolasini qayta ishlash bo‘yicha tinglovchilarga ma’lumotlar berildi.

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Jun 17, 2023

I-2023-sonli o'quv kurslarida amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi

Aгросаноат мажмуи устидан назорат қилиш инспекцияси қошидаги “Қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини баҳолаш маркази”да “Пахта толасини классификациялаш, сертификатлаш ва маркетинг” курсларида ўқув-амалий машғулотлар бўлиб ўтди. Жорий йилнинг 1 июнь куни I-2023-сонли гуруҳи тингловчилари Марказнинг Қибрай туманида жойлашган пахта лабораториясида навбатдаги ўқув-амалий машғулотларда иштирок этдилар. Ушбу машғулотлар жараёнида мутахассис ходимлар тарафидан гуруҳ тингловчиларига лаборатория шароитларида пахта маҳсулотларини синаш ва сифатини аниқлаш бўйича маълумотлар бериб ўтилди.

Posted in "News"
Published by agroxizmat on Jun 2, 2023

Markazda “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kursi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Tasdiqlangan o‘quv tematikaga asosan, paxta tozalash korxonalarning texnologik jarayonini o‘rganish va amalda tanishish uchun joriy yilning 26 may kuni I-2023-sonli guruhi tinglovchilari "Qorasuv" paxta tozalash korxonasida amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar. Shuningdek,  o'quv kurslari tinglovchilariga yong'in va texnika xavfsizligi bo'yicha Markaz mutaxassislari tomonidan batafsil tushunchalar berib o'tildi.        

Posted in "News"
Published by agroxizmat on May 29, 2023

Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kurslarining I-2023 guruhi ochildi

Markaz direktorining tegishli buyrugʼiga asosan 22 maydan "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kursida navbatdagi guruh oʼz faoliyatini boshladi. Ushbu oʼquv kursi jami 248 soatdan iborat boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda paxta tolasini standartlashtirish va sertifikatlashtirish, marketing asoslari, paxtani dastlabki ishlash reglamenti, yongʼin xavfsizligi kabi mavzularidan tashkil topgan.        

Posted in "News"
Published by agroxizmat on May 24, 2023

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form