category

Yangiliklar

Markazning Qoraqalpog'iston Respublikasi filialida yangidan barpo etilgan laboratoriyaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Bugungi kunda, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasida "O‘zagroinspeksiya" qoshidagi “Qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi  tomonidan Respublikamizda mahalliy yetishtiriladigan va xorijdan kirib keladigan urug‘liklarni tezkor va yuqori aniqlikda ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan hududiy laboratoriya yangidan barpo etildi. Bugun ushbu maskanning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining boshlig‘i Farxod Ermanov hamda bir qator soha rahbarlari ishtirok etishdi. Jahon banki tomonidan ajratilgan 4 mln AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘lar hisobiga laboratoriya eng so‘nggi zamonaviy uskunalar bilan jihozlanib, modernizatsiya qilindi va natijada o‘tkaziladigan sinovlarda ish samaradorligi va tezkorligi oshishiga hamda inson omilini keskin kamayishiga olib keldi.  Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Paxta-to‘qimachilik klasterlari va urug‘lik bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda urug‘liklarni yetishtirish, jamg‘arish, saqlash, qayta ishlash va ekish uchun realizatsiya qilish jarayonlarida urug‘liklarni sifatini taʼminlashga hamda sifati past urug‘liklarni ekilib ketishining oldi olinmoqda. Bugungi kunda, mazkur Laboratoriya tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikadagi mavjud Paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan paxta mahsulotlari, yaʼni paxta tolasi, paxta momig‘i va paxta texnik chigitini sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, texnik chigitning yog‘dorlik ko‘rsatkichini aniqlash, ularga hujjatlar rasmiylashtirish hamda ishlab chiqarilayotgan paxta toylari vaznini o‘lchash ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlarini zamonaviy HVI tizimida aniqlash jarayonida birgina tolaning 14 ta sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi.              

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Dec 22, 2023

Mutaxassislarni tayyorlash o‘quv kurslari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida

  O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining mutaxassislar tayyorlash o‘quv kurslari tomonidan, agrosanoat sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va korxona rahbar hodimlarini malakasini hamda bilim ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida maxsus o‘quv kurslari tashkil etilgan.  Ushbu o‘quv kurslarida ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan KMO 0301-sonli litsenziya, 030171-sonli tasdiqnoma va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida ta’lim berish bo‘yicha quyidagi yo’nalishlar bo’yicha xizmatlar ko‘rsatilmoqda: - Paxta tolasini va paxta mahsulotlarini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketingi; - O‘zbekiston Respublikasi hududida g‘alla qabul qilish va g‘allani qayta ishlash korxonalarida don va don mahsulotlarini qabul qilish tartiblari; - Urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi; - HVI tizimini texnik ko‘rigidan o‘tkazish (HVI texniklari uchun); - Axborot-kommunikatsiya tarmog‘i mutaxassislarini qayta tayyorlash; - Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini boshqarish. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan  joriy yilning mart oyida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha o‘qitish va malakasini oshirish uchun Markazning rahbar va mutaxassislar malaka oshirishida va maxsus sertifikatlar olishda o'quv kurslari tomonidan tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Joriy yilda jami 17 nafar tinglovchi "Paxta tolasini va paxta mahsulotlarini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketingi" kursida o’z malakalarini oshirdi.  Shundan 5 nafar tinglovchi Markaz va xududiy filiallar mutaxassislari, 4 nafar tinglovchi qo‘shni davlatlardan (Tojikiston va Qozog‘iston), 8 nafar tinglovchi esa paxta-to‘qimachilik klaster mutaxassislari bo‘lib, mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, yakunda belgilangan namunadagi xalqaro darajadagi sertifikatlar taqdim etildi.   Xisobot davrida jami 35 mln so‘m va 5,4 ming AQSh dollari miqdoridagi xizmatlar o‘quv kurslari tomonidan ko’rsatildi.          

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Dec 20, 2023

Teatr - tarbiya maskani

Markaz xodimlarning ishdan keyingi vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari, madaniy xordiq olishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida, 2023-yil 14-dekabr kuni oila a'zolari bilan birgalikda O‘zbek milliy akademik drama teatrida namoyish etilgan “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy drama spektakliga tashrif uyushtirildi.                

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Dec 15, 2023

Markazning paxta yoʼnalishi tomonidan koʼrsatilgan xizmalar toʼgʼrisida

Markazning paxtachilik yoʼnalishi tomonidan pahta mahsulotlarini sifat koʼrsatkichlarini aniqlash, sertifikatlashtirish boʼyicha quyidagi xizmatlar koʼrsatiladi. Sertifikatlashtirish ishlari boʼyicha Buyurtmachilarning sertifikatlashtirish yuzasidan bergan arizalariga asosan, 2023 yilning 11 oyida jami Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyat filiallari tomonidan jami 205 864 tonna paxta tolasi sifat, 25 344 tonna paxta momigʼi, 647 251 tonna texnik chigit sertifikatlandi. Bundan tashqari, Respublika yogʼ-moy korxonalarida tashkil etilgan chigit sinov laboratoriyalaridagi YaMR-analizatorlari yordamida 199 083 tonna texnik chigit yogʼdorligi aniqlanib, belgilangan tartibda sinov bayonnomalari rasmiylashtirilib berildi.   Qoʼshimcha ishlar boʼyicha Bugungi kunga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi xuzuridagi “Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi” qoshidagi “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sifatini baxolash markazi” davlat muassasi standart namunalar tayyorlash boʼlimi tomonidan Respublika paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqariladigan paxta mahsulotlarini nav va sinf koʼrsatkichlarini organaliptik usulda aniqlash uchun tashqi koʼrinish standart namunalari tayyorlash va yetkazib berish ishlari amalga oshirilmoqda. Standart namunalar tayyorlash boʼlimi tomonidan 2023 yilning 11 oyida 30 ta komplekt paxta tolasi, 10 ta komplekt paxta momigʼi, 98 ta komplekt texnik chigit va 2 ta komplekt toʼshakbob momiqlarning tashqi koʼrinish standart namunalari laboratoriyalariga yetkazib berildi. Bundan tashkari Paxta-toʼqmachilik klasterlari va xorijiy korxonalarning murojatlariga asosan 2 ta komplekt paxta tolasi hamda 6 ta komplekt texnik chigit tashqi koʼrinish standart namunalari tayyorlab berildi.    

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Dec 13, 2023

"Yashil Makon" umummilliy loyihasi doirasida xududiy filiallarda ham ko'chat ekish tadbirlari bo'lib o'tdi

“Yashil Makon” umummilliy loyihasi hamda 25-oktabrdan 1-dekabrga qadar mamlakatimizda “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilinganligi doirasida ekologik vaziyatni yaxshilash, daraxt-ko’chat ekish, qarovsiz qolgan daraxtlarni saqlash va parvarish qilish, shuningdek ularning mahsuldorligini oshirish maqsadida, Markazning hududiy filiallarida daraxt ko’chatlarini ekish ishlari olib borildi. Ushbu tadbirda viloyat filiallari boshliqlari xamda mutaxassislar faol ishtirok etib, mevali va manzarali daraxt ko’chatlarini ekdilar. Shuningdek, viloyat filiallari tasarrufidagi yеrlarda mavjud daraxtlarni parvarishlash borasida daraxtlarning singan shox-shabbalarini kesish, butalash va to’kilgan barglarni yig’ishtirib olish ishlari amalga oshirildi.              

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Dec 4, 2023

Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi murosasizlikni shakllantirishga qaratilgan seminarda Markaz xodimlari ishtirok etdilar

Joriy yilning 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida, O‘zbekiston “Adolat” Sotsial Demokratik  partiyasidan rais o‘rinbosari A. Raxmonov, Mafkuraviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i F.Ziyayev va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi R.Yo‘ldoshev qatorida Markaz rahbariyati, boshqarma va bo'lim boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etdilar. Tadbirni Inspeksiya boshlig‘i A.Vaxabov ochib berib, - bugungi kunda korrupsiya butun dunyo kurashayotgan va hal etilishi lozim bo‘lgan muammolardan biri ekanligi va ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy to‘siqligi haqida so‘z yuritdi.   Shundan so‘ng, tadbir ekspertlari - Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ijrosiga bag‘ishlangan Yangi O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, aholining keng qatlami, ayniqsa yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini mustahkamlash, faol fuqaroviy pozitsiyasini oshirish to‘g‘risida davra suhbatlarini olib bordilar. Yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq  javob oldilar.         

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Dec 1, 2023

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish