8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun hamda 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni

Joriy yilning 4-dekabirida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi binosida “8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” hamda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni ” munosabati bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda “Adolat” sotsial- demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirda “O‘zagroinspeksiya” markaziy apparati tarkibiy tarmoq rahbarlari va xodimlari, Markaz rahbariyati, boshqarma va bo’lim boshliqlari filiallaar boshliqlari va xodimlari ham “Zoom platformasi” orqali ishtirok etdilar.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar va keyingi rejalashtirilgan choralar haqida ma’lumotlar taqdim etildi va O‘zbekistonning yangilangan qonunlari, korrupsiyani oldini olish, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida erishilgan yutuqlar va olib borilayotgan hamkorliklarning natijalari o‘laroq faol ishtirok etgan rahbar-xodimlarga “Adolat” sotsial- demokratik partiyasining ko‘krak nishoni va tashakkurnomalari taqdim etildi.

 

photo2024-12-0416-12-05.jpg

 

photo2024-12-0416-12-06.jpg

 

photo2024-12-0416-12-06-2.jpg

 

photo2024-12-0416-22-24.jpg

 

photo2024-12-0416-12-05-2.jpg

 

photo2024-12-0417-29-36.jpg

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Dec 4, 2024

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish