“Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasi  tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi 2024-yil uchun tuzilgan ish-rejasi tegishli bandlari ijrosi ta’minlash maqsadida joriy yilning 15-mart kuni Markazning Sirdaryo viloyati filalida “Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat xizmati tomonidan Korrupsiya  bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. 

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Shuni oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida 3 ta Qonun, 6 ta Prezident Farmonlari, 7 ta Prezident qarorlari, 70 dan ortiq qonun xujjatlari ishlab chiqilgan.

Korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar – Iqtisodiy ahvol, Salbiy ijtimoiy muhit, Institutsional tuzilmalar ya’ni Davlat xizmatchilarining malakasi pastligi, boshqaruvning samalasizligi, ichki va tashqi nazoratning sustligi, Xalollikning yetishmasligi, Jamoatchilik nazoratini yetishmasligi, “Nepotizm” ya’ni tanish-bilishchilik,  befarqlik va boshqalar sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasida hozirda korrupsiyaga oid jinoyatlarning sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reestri yuritilyotgani to‘g‘risida ogohlantirildi. shaxslarga davlat xizmatlariga qabul qilinishi, saylanishi, alohida lavozimlarga tayinlanishi xatto davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda ishlashlari ta’qiqlab qo‘yilgan-deb tushintirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining huquqiy asoslari tanishtirildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasiga qo‘shilish to‘g‘risdagi qonun (2008), O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (2017), O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon (2020), O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamotchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmon (2021). Korruptsiya o'ziga xos irsiy davolab bo'lmaydigan kasallik sifatida qadim zamonlardan beri mavjud bo'lib, jamiyatlar va davlat tashkilotlariga ta'sir ko'rsatib kelgan va bugungi kungacha mag'lubiyatsiz qolmoqda. Bu huquqiy asoslarning ustuvorligi, demokratiya va inson huquqlari ustuvorligi tamoyillariga asoslangan xujjatlar hisoblanadi.

Seminar davomida ishtirokchilarga  korrupsiyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchilarga huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik choralari muqarrarligi to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Markazning Sirdaryo viloyat filiali xodimlari ya’ni seminar-trening ishtirokchilari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar va takliflariga kerakli javoblar oldilar.

 

photo2024-03-1517-07-22.jpg

 

photo2024-03-1517-07-50.jpg

 

photo2024-03-1517-09-36.jpg

 

photo2024-03-1517-11-21.jpg

 

photo2024-03-1517-11-03.jpg

 

photo2024-03-1517-09-59.jpg

 

photo2024-03-1517-12-29.jpg

 

 

 

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on Mar 15, 2024

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish